10-iyundan boshlab Toshkent shahridan Qirg‘izistonning Cho‘lponota (Issiqko‘l) kurort shahrigacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qatnovlar oyning juft kunlarida (kunora) “Yutong” avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.

Chipta narxi 300 ming so‘m etib belgilangan. Qatnovlarni “Uzautotrans Service” amalga oshiradi, shuningdek, kompaniya mazkur yo‘nalishda buyurtma qatnovlarini ham bajaradi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: +998712078702, +998941319999, +998886661515.


Avvalroq “Spot” “Silk Avia” Issiqko‘lga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Dastlabki parvozlar 16-iyundan boshlanib, birinchi bosqichda reyslar haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.