“TBC Bank” “Qulay Insurance” sug‘urta kompaniyasini tashkil etdi. Bu bo‘yicha Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestrida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Unga ko‘ra, mazkur “Qulay Insurance” sug‘urta kompaniyasi joriy yilning 4-iyul kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, uning faoliyat turi sifatida hayotni sug‘urtalash sohasi keltirilgan.

Sug‘urtalovchining ustav kapitali 22 mlrd so‘mni tashkil etadi hamda “TBC Bank” uning yagona ta’sischisi hisoblanadi.

qulay insurance, sug'urta, tbc bank

Kompaniya hozircha sug‘urtalovchilar reestriga kiritilmagan. Istiqbolli loyihalar millliy agentligi matbuot xizmatining “Spot"ga aniqlik kiritishicha, regulyator kompaniyaga hali litsenziya bermagan.

Iyun oyi oxirida agentlik “Agros Hayot sug‘urta kompaniyasi” litsenziyasini 10 kunga to‘xtatgandi. May oyida esa “New Life Sug‘urta” kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi.

2020-yilning aprel oyida Markaziy bank tomonidan “TBC Bank Group PLC"ga O‘zbekistonda bank sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya berilgandi. Hozirda kompaniya “TBC Bank Uzbekistan”, “Payme nasiya” va “Payme” to‘lov xizmatini taqdim etadi.

2019-yili kompaniya “Payme” aksiyalari nazorat paketining 51%ini $5,5 mlnga sotib olgandi. 2023-yilning mayida qolgan 49% ulushini $55,7 mlnga sotib oldi.