8-avgust kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Yashnobod tumani — “Shoxsanam” MFYning ayrim hududlarida soat 09:30dan 12:00gacha;
  • Yangihayot tumani — “Shoxsanam” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 18:00gacha;
  • Olmazor tumani — “Qo‘shtut”, “Olimpiya”, “Beruniy” hamda “Mirzo G‘olib” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

7-avgustdan “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirildi.

Endilikda iste’molchilar elektr uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni kuzatib borishlari mumkin.

Yangilangan tizimda iste’mol qilgan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lovlar, kunlik elektr energiya iste’moli kabi ma’lumotlarni onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

Tizim dastlab, 1-avgustdan butun mamlakat hududlari bo‘ylab ishga tushirilishi kerak edi. Korxona matbuot xizmatining qayd etishicha, uni joriy etish bir qancha texnik jarayonlarni o‘z ichiga olgani sabab, bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borilgan va kutilganidan ortiq vaqt talab etgan.