O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 803,81 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 19 so‘m 17 tiyinga pasaydi.

Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi oktabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

O‘zbek so‘mi ketma-ket uchinchi oy arzonlashmoqda. Oktabr oyida milliy valyuta 59 so‘m, yil boshidan beri esa 3,5% qadrsizlandi.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.