Londoning markazida “IKEA” kompaniyasining birinchi restorani ochildi. Bu haqda “Sostav” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, restoran shved chakana savdo tarmog‘ining King ko‘chasidagi do‘koni yonida joylashgan.

Muassasaning ishlash tamoyili boshqa tez ovqatlanish restoranlaridan farq qilmaydi: ovqatga elektron terminal yoki kassada buyurtma berish mumkin, shundan so‘ng tayyor buyurtmani tarqatish peshtaxtasida olish mumkin.

Taomnomaga kartoshka pyuresi, no‘xat, qaymoqli sous va brusnika murabbosi, shuningdek, kuskus va yogurtli losos, pomidor va rayhonli sousli penne pastasi, kartoshkali fri balig‘i bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan “IKEA” firmasining frikadelkalari kiritildi.

Shuningdek, restoranda mehmonlarga nonushtalar, hot-doglar, muzqaymoq va desertlar ham taklif etiladi.

Qayd etilishicha, restoran 75 kishiga mo‘ljallangan, ilgari bu muassasada yapon oshxonasi “Wasabi” kafesi joylashgan edi.


Avvalroq Shvetsiyaning “IKEA” kompaniyasi Rossiyadagi biznesini sotmasligini, kompaniya ikki yil ichida mamlakat bozoriga qaytib, do‘konlarini ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Hukumat komissiyasi “IKEA"ning Rossiyadagi uchta zavodini sotish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi, deb yozadi “Izvestiya” gazetasi davlat kotibi, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxovga tayanib.

2022-yil dekabr oyida Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko “IKEA Tixvin” zavodini sotib olish uchun beshta ariza beruvchidan bitta potentsial xaridor aniqlanganligini ma’lum qildi.

Viloyat hukumatining aniqlik kiritishicha, Leningrad viloyatidagi “IKEA Tixvin” zavodi egalari va potentsial xaridorlar o‘rtasidagi muzokaralar hali ham davom etmoqda.