“Yandex” kompaniyasi O‘zbekistonda “Yandex Market” savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi. Bu haqda Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali bazasidagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldi.
12-dekabr kuni Adliya vazirligiga Rossiya kompaniyasidan ko‘rib chiqilayotgan to‘rtta ariza kelib tushgan. Ulardan biri “Yandex Market”, boshqalari “Market Yandex Go” yozuvini o‘z ichiga oladi.
Yana ikkita ariza xizmatning oq-qora va rangli logotiplariga oid. Kompaniya qora, sariq, qizil va zarg‘aldoq ranglarni tanlagan.
Xat yozishmalari uchun manzil sifatida poytaxtning Zulfiyaxonim ko‘chasi, 12-uy — biznes konsalting bilan shug‘ullanuvchi “Legalmax” yuridik firmasi joylashgan “Alfa” biznes markazi keltirilgan.
Avgust oyida Rossiya kompaniyasi “Yandeks Lavka” yetkazib berish xizmatining tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar topshirgandi. 25-noyabrdan xizmat Toshkentda oshxonalari bo‘lgan uchta darkstor’dan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berishni boshladi. Xizmat yil oxirigacha yana 9ta nuqtada bu kabi darkstor’larni ochishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq “Spot” “Yandex” o‘n oy ichida O‘zbekistonda deyarli $10 mln miqdorida soliq to‘lagani haqida yozgandi.
“Yandeks Market“ marketpleysi 2018-yilda “Yandex"ning “Sber” bilan qo‘shma loyihasi sifatida tashkil etilgan. 2020-yilda bank “Yandeks.Dengi” (hozirgi “YooMoney”) loyihasining 25%i evaziga savdo maydonchasidagi o‘z ulushini texnologik kompaniyaga o‘tkazdi.