Instagram foydalanuvchi va uning do‘stlari uchun individual, moslashtirilgan Reels lentasini yaratish imkonini beruvchi yangi funksiya — Blend’ni ishga tushirganini e’lon qildi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar berdi.

Funksiyani sinab ko‘rish uchun chatga o‘tib, emojilar belgisini bosish kerak — u yuqori qismda audio va video qo‘ng‘iroqlar funksiyalari yonida joylashgan. Shundan so‘ng suhbatdoshlar taklifni qabul qilishlari kerak bo‘ladi.

instagram, umumiy miks

Lenta foydalanuvchining o‘ziga va u “Umumiy miks” (Blend)ni kim bilan boshlagan bo‘lsa, o‘shalarga algoritmlar tavsiya etadigan videoroliklardan tashkil topadi. Har bir videoga maslahat yo‘riqnomasi ilova qilinadi.

Funksiya ikki foydalanuvchi uchun o‘z xohishlariga asoslangan kontent takliflari bilan Reels videolarini ulashish va ko‘rish uchun shaxsiy makon yaratadi.

Mikslar faqat taklifnoma asosida bitta do‘st bilan yoki guruh chatida yaratilishi mumkin. Shaxsiy tasmalar har kuni yangi kontent bilan yangilanadi.

Bu funksiyaning g‘oyasi do‘stlarga qanday videolar yoqishini o‘rganish, ular bilan aloqa o‘rnatish va birgalikda yangi kontent kashf etishdan iborat.

U yerdan foydalanuvchi o‘z izohi yoki reaksiyasi bilan videoni shaxsiy suhbatga qayta yuborishi mumkin. Unda “umumiy miksingizdan Reels videosini yubordingiz” degan eslatma bo‘ladi.

Instagram foydalanuvchilarning Reels kontenti bilan o‘zaro aloqasini yaxshilash uchun mazkur funksiyani o‘tgan yili mart oyida sinovdan o‘tkazgandi.


Avvalroq Spot Instagram bloklangan Reels’ni sinovdan o‘tkazishni boshlagani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, foydalanuvchilar “maxfiy kod"ni kiritgan holda ularni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.