O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, naqd pulsiz to‘lovlar barcha tushumlarning 40 foizni tashkil etadi va hozir bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda. Tobora ko‘proq xaridorlar xaridlarni karta bilan to‘lashni afzal ko‘rishmoqda — tez, qulay va xavfsiz. Bunday vaziyatda tadbirkor uchun zamon bilan hamnafas bo‘lish va mijozlar kutganidek uskunalar bilan ishlash muhim.
Yaqin vaqtgacha UZCARD kartalarini qabul qilish uchun terminallar turlari cheklangan edi. Ammo endi zamonaviy muqobil variant paydo bo‘ldi — Smart Business UZCARD’ni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi terminalni ishga tushirmoqda.
P10 — bu onlayn-kassa va POS-terminalni birlashtirgan yangi avlod terminali. U biznes uchun qulay bo‘lgan har qanday formatda ishlaydi — alohida onlayn kassa, terminal yoki “2 tasi 1 da” qurilmasi kabi. Oddiy sozlanadi, tez ishlaydi va zamonaviy bozor sharoitida zarur bo‘lgan barcha ommabop to‘lov usullarini qo‘llab-quvvatlaydi.
P10 afzalliklari:
- fiskal va terminal cheklarning yuqori tezlikda ishlashi va chop etilishi;
- UZCARD va HUMO kartalari orqali kontaktsiz to‘lovlarni qabul qilish;
- 2G/3G/4G tarmoqlarida ishlash;
- 24 soatgacha quvvat olmay ishlaydi.
Barcha asosiy to‘lov yechimlarini qo‘llab-quvvatlaydi:
- xalqaro tizimlar: Visa, Mastercard, UnionPay;
- “СБП” orqali Rossiya kartalari;
- A-Pay, Payme, Oson, Paynet va boshqa ilovalar orqali QR-to‘lovlar.
Ilgari UZCARD to‘lovlarini faqat Yagona QR orqali qabul qilish mumkin edi — bu qulay bo‘lsa-da, doim ham savdo nuqtasining tegishli ko‘rsatkichlariga mos kelmasdi. Endi to‘lov usulini, mijozga qaysi biri qulayligiga qarab, tadbirkorning o‘zi tanlaydi: karta, NFC yoki QR-kod.
Qurilma ayniqsa quyidagilar uchun muhim:
- barcha ommabop to‘lov turlarini bitta terminalda qabul qilishni istaydiganlar;
- eskirgan uskunalarni zamonaviy va tez almashtirish yo‘llarini qidirayotganlar;
- nuqtalar tarmog‘ini rivojlantirib, bitta yetkazib beruvchiga bog‘liq bo‘lib bo‘lishni istamaydiganlar — chakana savdo, xizmat ko‘rsatish, HoReCa yoki yetkazib berish sohasida ishlaydiganlar.
P10 terminali hisob tizimi bilan osongina integratsiyalashadi va sotuvni boshqarish uchun barcha zarur funksiyalarni taqdim etadi. Ammo bu imkoniyatlarning bir qismi, xolos. Smart Business’ga ulanish orqali tadbirkor oddiy terminaldan ko‘proq narsaga ega bo‘ladi:
- biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va onlayn-kassaga ulanish;
- ombor va tovar hisobi;
- Asl Belgisi markirovka tizimi bilan integratsiya;
- 24/7 texnik yordam.
Butun mamlakat bo‘ylab 90 dan ortiq ofislar allaqachon o‘z faoliyatini olib bormoqda va har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Sababi, xaridor o‘z tanlovini qilib bo‘lgan. Bugun u qilgan xaridi uchun odatiy usulda — tez, kontaktsiz va ortiqcha savollarsiz to‘lay olishni istaydi. Agar terminal zamonaviy to‘lov usullarini qo‘llab-quvvatlamasa, bu shunchaki noqulaylik emas. Bu boy berilgan foyda.
Smart Business yangi terminali bilan cheklovlarsiz to‘lovlarni qabul qilish mumkin. Oson ulanish, rasmiy qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha to‘lovlarsiz bo‘lib to‘lash — bularning barchasi biznesning samarali ishlashi va shaxsiy hayot uchun ko‘proq vaqt ajratishda zarur.
Ariza qoldirish va bepul maslahat olish uchun saytga tashrif buyurish yoki quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: (+998) 71−200−30−50.
Sayt: smartpos.uz/uz/trade
Telegram: t.me/smartpos_uz
Reklama huquqlari asosida.