Prezident Donald Tramp Binance asoschisi Chanpen Chjaoni afv etdi, bu haqda CNBC birinchi marta xabar berdi.

Avvalroq Chjao kriptovalyuta birjasini boshqarish orqali pul yuvishga yordam berganlikda aybini tan olgan va o‘tgan yili to‘rt oy qamoqda o‘tirgandi.

“Prezident Tramp o‘zining konstitutsiyaviy vakolatlaridan foydalanib, kriptovalyuta bilan urush paytida Bayden ma’muriyati tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan janob Chjaoni afv etdi”, dedi Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt.

Trampning afv etishi The Wall Street Journal gazetasi Tramp oilasining kriptovalyuta loyihasi kam tanilgan Binance savdo platformasi bilan hamkorlikdan foyda olganini xabar qilganidan ikki oy o‘tgach sodir bo‘ldi. 2024-yilgi saylovlardan buyon mazkur kriptovalyuta loyihasi taxminan $4,5 mlrd daromad keltirgan.

2023-yilda Adliya vazirligi ayblovlari bo‘yicha o‘zini aybdor deb tan olgan Chjao Binance bosh direktori lavozimidan ketishga rozi bo‘ldi, $50 mln jarima to‘ladi va hech qachon Binance’da rahbarlik lavozimlarida ishlamaslikka va’da berdi.

Ayblovlardan so‘ng, Binance AQSh hukumatiga $4,3 mlrd tovon to‘lashga majbur bo‘ldi, bu AQSh tarixidagi eng yirik korporativ jarimalardan biriga aylandi.


Avvalroq Spot Binance’da O‘zbekiston rezidentlari uchun P2P o‘tkazmalari to‘xtatilgani haqida yozgandi.

Foydalanuvchilar uchun bank kartalari va mahalliy to‘lov tizimlari orqali mablag‘larni to‘ldirish va yechib olish imkoniyati saqlanib qolmoqda.