Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
18−19 aprel — shanba va yakshanba kunlari bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Agrobank;
- Asakabank;
- APEX BANK;
- Asia Alliance Bank;
- Aloqabank;
- Anorbank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Garantbank;
- Hayot bank;
- Hamkorbank;
- Ipoteka-bank;
- InfinBank;
- Ipak Yuli Bank;
- Kapitalbank;
- Mikrokreditbank;
- Saderat bank;
- Tenge bank;
- Trastbank;
- Universalbank;
- Xalq banki;
- Orient Finans bank;
- O‘zmilliybank;
- O‘zsanoatqurilishbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Markaziy bank mart oyida aniqlangan kamchiliklar uchun 20 ta bank, 89 ta mikromoliya tashkiloti va 79 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llagan edi. Yana 17 ta bankni ogohlantirdi.
Avvalroq Spot barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi tasdiqlangani haqida yozgandi.