O‘zbekistonlik avtobus haydovchilari Yaponiyaga ishga taklif qilinadi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Agentlik rahbari Behzod Musayev Willer Express kompaniyasi rahbari Hirayama Koji va Onodera User Run kompaniyasi vakili Kato Jun o‘rtasida uch tomonlama kelishuv imzolandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda Willer Express uchun avtobus haydovchilarini tayyorlash va yuqori daromadli ishga joylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Buning uchun Toshkent shahrida o‘quv poligoni barpo etiladi.

Amaliyot jarayonlari uchun Yaponiyadan o‘ng boshqaruvli avtobuslar olib kelinadi.

Mart oyida o‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyaga ishga taklif qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Nomzodlar Angrenda 8 oylik bepul o‘quv kursidan o‘tadi, ish haqi esa oyiga $1200 dan $2000 gacha bo‘lishi mumkin.

Spot, avvalroq, Toshkentda xorijda ishlamoqchi bo‘lganlar uchun 600 o‘rinli maqsadli tayyorlash markazi tashkil etilishi haqida yozgandi.


Taʼkidlanishicha, Willer Express — Yaponiya turistik va yo‘lovchi transport bozoridagi eng ilg‘or avtobus operatori hisoblanadi. Kompaniya mamlakatning shimolidan janubigacha bo‘lgan keng hududni qamrab olgan.