Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Furqat va Seul ko‘chalari kesishmasida harakatni qayta tashkil etish bo‘yicha yangi loyihani taqdim etdi.

Markaz ma‘lumotiga ko‘ra, hozirda mazkur hududda piyodalar uchun yo‘lni kesib o‘tishda xavfli nuqtalar mavjud. Shuningdek, Furqat ko‘chasidan Seul ko‘chasiga burilish qismida muntazam tirbandlik kuzatiladi.

Bundan tashqari, Seoul Mun majmuasi hamda Rakatboshi ko‘chasi tomon harakatlanish uchun ortga qayrilib olish masofasi uzoqligi noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etilgan.

bobur ko'chasi, furqat ko'chasi, seoul mun, toshkent, yo'l harakati

Yangi loyiha doirasida Seoul Mun majmuasi qarshisida tartibga solinadigan yangi piyodalar o‘tish joyi tashkil etiladi. Bu orqali ziddiyatli nuqtalarni kamaytirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Furqat ko‘chasidan Seul ko‘chasiga chapga burilish uchun alohida tasma ajratiladi.

Majmuaga kirish va ortga qayrilib olish uchun esa qo‘shimcha yo‘l ochiladi. Markaz ta‘kidlashicha, loyihani amalga oshirish katta mablag‘ talab qilmaydi.

Muammolar yo‘l geometriyasini to‘g‘ri shakllantirish, chiziqlarni oqilona chizish hamda svetofor sikllarini moslashtirish orqali hal etiladi.


Avvalroq Spot Toshkent shahar hokimligi avtoturargohlarni yagona shahar boshqaruv tizimiga integratsiya qilishi haqida yozgandi.