Qoraqalpog‘istonda gazdan noqonuniy foydalanilganlikda ayblangan ikki korxonaga hisoblangan qariyb 8,5 mlrd so‘mlik zarar bekor qilindi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.

Hududgaz Qoraqalpog‘iston filiali xodimlari tomonidan AGTKSHlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda ikki korxona gazdan noqonuniy foydalangani va hisoblagichlarga tashqi taʼsir ko‘rsatilgani aytilgan.

Shunga asosan, M.S.T. korxonasiga 3,86 mlrd so‘m, I.T. korxonasiga esa 4,66 mlrd so‘m zarar hisoblangan.

Tadbirkorlar bu qarordan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Qayta tekshiruv va ekspert qiyoslovlari natijasida elektron hisoblagichlar arxivida hech qanday o‘zgarish yoki qoidabuzarlik aniqlanmagan.

Natijada tadbirkorlarga hisoblangan qariyb 8,5 mlrd so‘mlik zarar bekor qilingan.

Mart oyida Toshkent viloyatida tadbirkorning 100 mlrd so‘mlik soliq qarzi bekor qilingandi.

Spot, avvalroq, Biznes-ombudsman markirovka qoidabuzarliklari uchun jarimani qat’iy summada belgilashni taklif qilgani haqida yozgandi.