Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida o‘tkazilgan FIRST Global Challenge xalqaro robototexnika musobaqasida jahon chempioni bo‘lgan bir guruh yoshlarni mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, jamoa dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rekord natijaga erishgan. Shu bois quyidagilar mukofotlandi:
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
- Bo‘taxonov Ziyodulla Zoyirjon o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan:
- Salomov Ibroxim Uktamovich — terma jamoa sardori;
- Abdujabborov Abdullox Abdug‘ofur o‘g‘li — terma jamoa texnik murabbiysi;
- Akbarov Shoxruxbek A‘zamjon o‘g‘li — terma jamoa a‘zosi;
- Kosimov Akbarshox Anvar o‘g‘li — terma jamoa a‘zosi;
- Miraxmedov Ayubxon Anvar o‘g‘li — terma jamoa a‘zosi;
- Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li — terma jamoa a‘zosi;
- Sodiqov Shukrullo Sherali o‘g‘li — terma jamoa a‘zosi;
- Teshabayev Maxkambek — terma jamoa a‘zosi;
- Teshabayeva Safina — terma jamoa menejeri;
- Tojiqo‘ziyev Jasurbek Rustamjon o‘g‘li — terma jamoa a‘zosi;
- Urmanov Baxodir Doniyorovich — terma jamoa a‘zosi;
- Urmanov Xondamir Doniyorovich — terma jamoa a‘zosi;
- Yusupxo‘jayev Hasanxon Alisher o‘g‘li — terma jamoa menejeri.
Maʼlumot uchun, terma jamoa 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi. Yosh muhandislar 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.
Spot avvalroq Toshkentda gumanoid robotlar ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlangani haqida yozgandi.