Google displeysiz Whoop bilaguzuklarining muqobili bo‘lgan Fitbit Air fitnes bilaguzugini taqdim etdi.

Bilaguzuk standart datchiklar to‘plami bilan jihozlangan: u qadamlarni, pulsni, uyquni, qondagi kislorod miqdorini va teri haroratini kuzatish imkoniyatiga ega.

Qayd etilishicha, Fitbit Air bir marta quvvatlanganda taxminan bir hafta ishlay oladi.

Displey o‘rniga bilaguzukda quvvatlanishni ko‘rsatuvchi svetodiodli indikator va bildirishnomalar uchun tebranish motori mavjud.

Fitbit Air uchun $99 narxida oldindan buyurtma berish mumkin. Xarid uchun Google uch oylik Health Premium xizmatiga obunani sovg‘a qiladi. Almashtiriladigan tasmalar esa $35 dan sotuvga chiqariladi.

Bilaguzuk bilan birga Google Fitbit ilovasi va Android uchun Health Connect funksiyalarini birlashtirgan eng yangi Health ilovasini namoyish etdi.

U moslashtirilgan pastki panelga, salomatlik tendensiyalarini kuzatishga ega va Peloton va MyFitnessPal kabi ko‘plab uchinchi tomon dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

braslet, fitbit air, google

Google obuna asosida ishlaydigan shaxsiy sun’iy intellekt murabbiyi — Health Coach xizmatini ishga tushirdi.

Unga jarohatlar va tananing boshqa xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni kiritib, mos yordam va mashg‘ulotlar rejasini olish mumkin.

Foydalanuvchi tabiiy tilda salomatlik bo‘yicha maslahatlar olishi hamda savollar berishi, shuningdek, to‘plangan ma’lumotlar asosida salomatligi haqidagi hisobotlarni ko‘rishi mumkin.

Coach xizmati Health Premium obunasiga kiritilgan bo‘lib, uning narxi oyiga $10 yoki yiliga to‘lansa $100 ni tashkil etadi.


Avvalroq Spot Google uch daqiqalik musiqa yarata oladigan Lyria 3 Pro modelini chiqargani haqida yozgandi.

Model Gemini chat-botidagi pulli obunachilar uchun mavjud bo‘lib, ingliz, nemis, ispan, fransuz, hind, yapon, koreys va portugal tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.