Telegram jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.
Yangilanish AI botlar inqilobi va yana boshqa narsalar bo‘lib, Telegram’ga 10 dan ortiq yangi funksiya va yuzlab yaxshilanishlarni qo‘shadi:
- AI botlarni @foydalanuvchi_nomi orqali belgilab, ulardan istalgan chatda javoblar olish;
- boshqa botlar bilan muloqot qiladigan muxtor botlarni sozlash;
- botlarning matnni yaratilayotgan vaqtda ketma-ket terishini kuzatish.
- profilingizga bot ulab, chatlaringizni avtomatlashtirish;
- matn muharriri uchun maxsus AI uslublarini yarating va ulashish;
- 36 tilda 100 mlnndan ortiq emoji va stikerlar orasidan qidirish;
- so‘rovnomalarda ovoz berish uchun kanal yoki mamlakat bo‘yicha cheklovlar o‘rnatish;
- vaqt o‘tishi bilan har bir variant uchun ovozlarni kuzatish maqsadida so‘rovnoma statistikasini ko‘rish
- tovushsiz yetkaziladigan xabarlarni rejalashtirish
- foydananuvchi moderator bo‘lgan guruhlarda reaksiyalarni olib tashlash.
Mehmon botlar
Telegram botlari sifatida yaratilgan AI yordamchilari va avtomatlashtirilgan vositalarni endi har qanday shaxsiy yoki guruh chatida zikr qilish mumkin — hatto ular aʼzo bo‘lmasalar ham.
Bu ularga savollarga tezda javob berish, faktlarni tekshirish, matn yoki rasmlar yaratish, vazifalarni bajarish va boshqa ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Bu funksiyani qo‘llab-quvvatlaydigan botni zikr qilish uchun xabaringizda uning @foydalanuvchi_nomiini kiritish kerak. Bot so‘rovni qayta ishlagach, bevosita siz zikr qilgan chatda javob beradi.
Mehmon rejimini yoqish uchun bot dasturchilari bu qo‘llanma bilan tanishib chiqishga taklif qilinadi.
Botlar faqat o‘zlari belgilangan muayyan xabarga va u xabarga yozilgan har qanday javoblarga kirish huquqiga ega. Botlar chatda qaysi foydalanuvchilar borligini ko‘ra olmaydi va boshqa xabarlarga kira olmaydi.
Botlararo muloqot
Bu yangilanish bilan botlar endi nafaqat foydalanuvchilarga, balki boshqa botlarga ham javob berish imkoniyatiga ega. AI ishtiyoqmandlari to‘liq avtonom agentlar yordamida ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun bundan foydalanishi mumkin.
Botlararo muloqotni yoqish va bu funksiya haqida batafsil axborot olish uchun bu qo‘llanmaga qarash kerak.
Botlar uchun matnni ketma-ket chiqarish
Foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun botlar javoblarni yuborishdan oldin to‘liq xabarni kutmasdan — ularni yaratilayotgan vaqtda ketma-ket chiqarishi mumkin. Bot API’ga qilingan oxirgi yangilanishlar yangi animatsiyalarga ega tezroq javoblar uchun buni yanada samaraliroq qildi.
Profillarda chatni avtomatlashtirish
Bu yangilanish bilan har bir Telegram foydalanuvchisi o‘z profiliga bot ulashi va unga o‘z nomidan xabarlarga javob berishga ruxsat berishi mumkin.
Bot ulayotganda kontaktlar bo‘lgan barcha chatlarni istisno qilish yoki faqat yangi chatlarga javob berish kabi u qaysi chatlarga kira olishini sozlash imkoniyati bor.
Profilga bot ulash uchun Sozlamalar > Chatni avtomatlashtirish rukniga kirish kerak.
Maxsus AI uslublari
Endi istalgan foydalanuvchi matn muharririda noyob uslublarni yaratish uchun o‘z so‘rovlaridan foydalanishi mumkin.
Bu bilan jamoalar postlar va aksiyalar uchun matnni osongina standartlashtirishi, jamoalar esa o‘z aʼzolari uchun memlarga to‘la uslublarni yaratishi mumkin.
Har bir maxsus uslubda boshqa foydalanuvchilarga misollar yaratish orqali uslubga razm solishi va uni o‘z matn muharririga darhol qo‘shish imkonini beradigan ulashish mumkin bo‘lgan havola mavjud.
O‘z AI uslubini yaratish uchun AI matn muharririning “Uslub” sahifasidagi “Yaratish” tugmasini bosish kerak.
Kengaytirilgan emoji va stikerlar qidiruvi
Telegram foydalanuvchilari yaratgan 100 mlndan ortiq emoji va stikerlarni endi stikerlar panelidagi qidiruv funksiyasi orqali osongina topish mumkin.
Qidiruv paneli 36 tildagi kalit so‘zlarni qo‘llab-quvvatlaydi — tez orada ularning soni yana ko‘payadi.
Qidiruv funksiyasi har yili Telegram foydalanuvchilari tomonidan yaratiladigan millionlab ommaviy stikerlarni samarali skanerlash va yorliqlash uchun Cocoon tarmog‘ida ishlaydigan maxsus AI modellari tomonidan quvvatlanadi.
Foydalanuvchi stikerlarini tezda yasash uchun ichki stiker muharriridan foydalanish yoki @Stickers mini ilovasi orqali ijod mahsulini yuklash kerak.
So‘rovnomalar uchun statistika
Guruhlar va kanallardagi so‘rovnomalar endi adminlar uchun vaqt o‘tishi bilan har bir variant uchun ovozlar sonini kuzatib boradigan interaktiv grafikni ko‘rsatadi. So‘rovnoma statistikasi so‘rovnoma 100 ta ovoz olgandan keyin ko‘rinadi.
So‘rovnomalar uchun maxsus cheklovlar
Kanal adminlari endi so‘rovnomalarda kimlar ishtirok etishi bo‘yicha maxsus cheklovlar o‘rnata oladi.
Masalan, faqat obunachilarga yoki faqat muayyan mamlakatlardagi foydalanuvchilarga ruxsat berish mumkin.
So‘rovnomangiz uchun cheklovlar o‘rnatish uchun so‘rovnoma sozlamalarida “Obunachilar bilan cheklash” yoki “Mamlakat bo‘yicha cheklash” bandini yoqing.
Ovozsiz rejalashtirilgan xabarlar
Oldindan rejalashtirgan xabarlaringiz endi ovozsiz yetkazilishi mumkin — shunda yangilanish va eslatmalaringiz qabul qiluvchini bezovta qilmaydi.
Rejalashtirilgan xabarni ovozsiz qilish uchun “Yuborish” tugmasini bosib turing, “Xabarni rejalashtirish” bandini tanlang va keyin belgisini bosish kerak.
Reaksiyalarni olib tashlash
Guruh adminlari jamoalarda moderatsiyani yanada osonlashtirish uchun endi muayyan foydalanuvchilarning reaksiyalarini o‘chirib tashlashi mumkin.
Reaksiyani o‘chirib tashlashda adminlar bor-yo‘g‘i ikkita bosish orqali o‘sha foydalanuvchining barcha reaksiyalarini olib tashlashni ham tanlashi mumkin.
Reaksiyani olib tashlash uchun xabarni bosing yoki bosib turing, reaksiyalar ro‘yxatini yoyish uchun yana bosing, keyin reaksiyani o‘chirib tashlash uchun bosib turish kerak.
Shuningdek, Telegramning Xatolar va takliflar platformasida foydalanuvchilarning xabarlari sharofati bilan dasturchilar barcha Telegram ilovalarida 200 dan ortiq yaxshilanishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.



