AQSh Federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Florida shtatidagi Palm-Bich xalqaro aeroporti prezident Donald Tramp sharafiga qayta nomlanishini ma’lum qildi.
“Prezident Donald J. Tramp nomidagi xalqaro aeroport” deb ataluvchi yangi nom 9-iyuldan kuchga kiradi", — deyiladi boshqarma xabarida.
AQSH Transport vazirligining aniqlik kiritishicha, nom o‘zgarishi aeroportdan foydalanish qoidalariga, jumladan, havo hududi chegaralari, balandlik cheklovlari va amaldagi parvoz talablariga ta’sir qilmaydi.
Joriy yilning fevral oyida AQShning Florida shtati hukumati Palm-Bich xalqaro aeroportini Amerika prezidenti sharafiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Shtat Senati tashabbusni 25 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi, 11 tasi qarshi chiqdi. Respublikachilar aeroportga Floridani doimiy yashash joyi deb e’lon qilgan birinchi prezident Tramp sharafiga nom berishni xohlashlarini aytishgan.
Shu bilan birga, qayta nomlash tashabbusi siyosiy rezonansga sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Avvalroq Tramp Vashingtondagi Dalles xalqaro aeroporti va Nyu-Yorkdagi Penn stantsiyasini ham o‘z nomi bilan atashni taklif qilgani xabar qilingandi.
Joriy yil yozdan boshlab AQSH dollarida prezident Donald Trampning imzosi paydo bo‘ladi.
AQSH G‘aznachilik departamentining ma’lum qilishicha, bu Amerika pullariga amaldagi prezident imzosi qo‘yilgan ilk holat hisoblanadi.
Amerika mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan chiqarilgan yangi banknotlarda 165 yilda ilk bor AQSH g‘aznachisining imzosi bo‘lmaydi.
G‘aznachi moliya vaziriga bo‘ysunib, Gravyura va bosma ishlar byurosi, AQSH zarbxonasi hamda Moliya vazirligining boshqa vazifalarini nazorat qiladi.
Tramp va AQSH Moliya vaziri Skott Bessentning imzolari tushirilgan dastlabki $100 lik banknotlar iyun oyida chop etiladi, keyingi oylarda esa boshqa kupyuralar ham chiqariladi.
Qayd etilishicha, yangi banknotlarning banklarga yetib borishi uchun bir necha hafta vaqt ketishi mumkin.
Avvalroq Spot Tramp o‘zining “Prezident kutubxonasi” uchun osmono‘par bino qurilishini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.
Hozirda Mayamidagi ushbu hudud Mayami-Deyd kollejining Wolfson kampusi xodimlari uchun avtoturargoh sifatida foydalaniladi.