Moskva aviatsiya instituti (MAI) muhandislari aviatsiya elektr dvigateli loyihasini taklif qilishdi, uning aksariyat qismlari 3D-bosma yordamida tayyorlanadi.
Ishlanma agregatlarni tayyorlash muddati va tannarxini kamaytiradi. Olimlar allaqachon konstruktorlik hujjatlarini tayyorladilar. Mahsulot prototipi 2026-yilda chop etiladi.
Loyihaga ko‘ra, sinxron elektr dvigatel tayyorlanadi. Unda magnit oqimi aylanish o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘lib, rotor va stator disk shaklida bo‘ladi.
“Kichik o‘lchamlari tufayli yangi dvigatel ichki hajmi cheklangan havo kemalari uchun mos keladi,” — dedi MAI aspiranti Ilya Kachanov.
Kachanovning so‘zlariga ko‘ra, qurilmaning nominal quvvati 50 kVt, eng yuqori quvvati esa 80 kVtgacha bo‘ladi.
Additiv texnologiyalar yordamida korpus elementlari va statorning magnit o‘tkazgichi maxsus qotishmadan tayyorlanadi.
Qayd etilishicha, bosma dvigatellar og‘ir dronlar, kichik samolyotlar va elektromobillar uchun mos keladi.
Avvalroq Spot Uzbekistan Airports Allied Biofuels kompaniyasidan “yashil” aviayoqilg‘i xarid qilishi haqida yozgandi.
Kompaniyaning Xorazmdagi bo‘lajak zavodidan yoqilg‘i yetkazib berish 2030-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.