Aprel oyi oxirida O‘zbekiston temir yo‘llari (O‘TY) 2026-yilning birinchi choragi uchun moliyaviy hisobotini Yagona korporativ axborot portalida e’lon qildi.
Dastlabki uch oy yakunlariga ko‘ra, O‘TYning sof daromadi 4,76 trln so‘mni (2025-yilning birinchi choragiga nisbatan +21,3%), yalpi foydasi esa 1,49 trln so‘mni (+44,4%) tashkil etdi. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 13% ga oshib, 3,26 trln so‘mga yetdi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda deyarli yarmiga oshdi va 1,06 trln so‘mdan oshdi. Shu bilan birga, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar uch barobarga — 284,8 mlrd so‘mdan 99,3 mlrd so‘mgacha kamaydi.
2026-yilning birinchi choragida sof foyda ikki baravardan ko‘proqqa — 227,5 mlrd so‘mdan 478,9 mlrd so‘mga oshdi.
Hisobot choragida davlat kompaniyasining valyuta kurslari farqidan olgan daromadlari 145,2 mlrd so‘mgacha, moliyaviy faoliyatdan olgan daromadlari esa 160,3 mlrd so‘mgacha kamaydi.
Shu bilan birga, ular bo‘yicha zararni ham qisqartirishga erishildi — 294,8 mlrd so‘mdan 269,4 mlrd so‘mgacha.
Bundan tashqari, davlat kompaniyasining umumiy xarajatlari birinchi chorakda 15,9% ga kamayib, 536 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Shundan sotish xarajatlari 8,28 mlrd so‘mni, ma’muriy xarajatlar 159 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa operatsion xarajatlar 368,6 mlrd so‘mga qisqardi.
Avvalroq Spot Toshkent va Sirdaryo viloyatlarini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi boshlangani haqida yozgandi.
110 kilometrlik loyiha doirasida 4 ta bekat, 21 ta yo‘l o‘tkazgich hamda 6 ta ko‘prik barpo etiladi.