Prezidentning suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, suv fondi yerlarini ijaraga berishda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish davlat muassasasi yagona buyurtmachi etib belgilandi.

Daryo va suv xo‘jaligi obyektlari o‘zanlarini tozalashda qirg‘oqlarning yuvilishiga va yaqin hududlarning suv bosishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamda suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan qum-shag‘al materiallari qazib olinishiga ruxsat etiladi.

Suv omborlari, kanal va kollektorlar, tabiiy ko‘llar hamda gidrotexnika inshootlarini tuproq va cho‘kindilardan tozalash ishlari tadbirkorlar ishtirokida amalga oshiriladi.

Bunda tashabbuskor tadbirkorlar eng maqbul takliflari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali jalb qilinishi mumkin.

Suv omborlari va sel-suv omborlarining suvdan bo‘shagan, tuproq namligi saqlanib qolgan yer maydonlaridan samarali foydalanish rejalashtirilmoqda.

Buning uchun ushbu yerlar tashabbuskorlarga qisqa muddatga ekin ekish maqsadida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi.

Tozalanishi lozim bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun ushbu sohadagi ixtisoslashgan nufuzli loyiha tashkilotlari jalb etiladi.

Spot, avvalroq, 2030-yilgacha 997 mlrd so‘mga 5 ta sel-suv ombori qurilishi haqida yozgandi.