BYD kompaniyasi O‘zbekistonda yana bir sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deya xabar berdi Adliya vazirligining Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali.

Avtomobil ishlab chiqaruvchisi foydalanilayotgan estetik komponentlarni himoya qilish uchun yirik yo‘ltanlamas modelini taqdim etdi.

Sanoat namunasi mahsulotning tashqi ko‘rinishini ifodalovchi badiiy-konstruktorlik yechimlari taqdimotidir.

byd, denza, namuna

Postga ilova qilingan renderdagi model BYD premium subbrendining Denza B8 (Fangchengbao Bao 8) yo‘ltanlamasini eslatadi.

Denza B8 ning konseptual versiyasi 2023-yil avgust oyida Super 8 nomi bilan ommaga taqdim etilgan. 2024-yil bahorida Pekin avtosaloni boshlanishidan biroz oldin kompaniya ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan yo‘ltanlamas prototipini rasman namoyish etdi va o‘sha yilning kuzida Xitoyda sotuvlar boshlandi.

To‘liq uzatmali yo‘ltanlamas 2 litrli benzinli turbomotor va umumiy quvvati 738 ot kuchiga ega elektr dvigateldan iborat gibrid qurilma bilan jihozlangan. 36,8 kVt/soat sig‘imli akkumulyator 100 km masofaga mo‘ljallangan bo‘lib, bir marta yonilg‘i quyish orqali avtomobil 1200 km masofani bosib o‘tishi mumkin.

Denza B8 Huawei Qiakun 3.0 “aqlli” haydovchiga yordam tizimi bilan jihozlangan birinchi BYD avtomobili bo‘ldi. Shuningdek, avtomobilga uchta ekran, jumladan, 17,3 dyuymli (43,9 sm) multimedia tizimi va 12,3 dyuymli (31,2 sm) yo‘lovchi ekrani o‘rnatilgan.

Xitoy uchun avtomobil narxi sotuvlar boshida 400 ming yuandan ($56,6 ming) boshlangan.

byd, denza, namuna

Fangchengbao Bao 8 (Denza B8) — chapdan ikkinchi. Foto: Shohrux Haydarov / Gazeta.uz

2025-yil iyun oyida BYD Central Asia boshqaruvchi direktori Ivan Sao kompaniyaning O‘zbekistondagi rejalari va ularning mahalliy avtomobil sanoatini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida so‘zlab bergandi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonga nafaqat savdo bozori, balki barqaror rivojlanish uchun strategik platforma sifatida qaraydi, dedi u.


Avvalroq Spot BYD O‘zbekistonda ishlab chiqarish hajmi eng tez o‘sayotgan brendga aylangani haqida yozgandi.