Instagram profildagi postlar tartibini o‘zgartirishga ruxsat berdi, deya xabar bermoqda The Verge.

Postni boshqa joyga ko‘chirish uchun uni bosib turib, profildagi yangi o‘ringa tortib o‘tkazish kerak.

instagram, joylashuv, post

Bungacha postlar tasmasi xronologik tartibda shakllantirilgan, deya ta’kidlaydi nashr.

Shu bilan birga, foydalanuvchilar profilning yuqori qismiga uchtagacha postni qadab qo‘yishlari mumkin edi. Endi postlarni qachon joylanganidan qat’i nazar, istalgan joyga ko‘chirish mumkin.

Mazkur funksiya haqida 2025-yil iyun oyida e’lon qilgandi. Yangilik Instagram mualliflarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishga tushirayotgan Anyway nomli tashabbusning bir qismi bo‘lishi aytilgandi.

Bu o‘zgarish servis profil to‘ri formatini o‘zgartirganidan so‘ng yuz berdi — postlarning dastlabki ko‘rinishi kvadrat shaklida emas, balki vertikal bo‘lib qoldi.

Meta Instagram va Facebook’dagi videolarni “seriya"ga birlashtirish imkonini beruvchi funksiyani sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Funksiya “Series” deb nomlanadi, deya xabar berdi TechCrunch kompaniyaga tayanib.

Sinov davomida saralangan mualliflar mavjud va yangi Reels videoroliklaridan “seriyalar” yarata oladilar.


Avvalroq Spot Facebook, Instagram va WhatsApp’da Plus pullik obunalari ishga tushirilgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, pulli obunaga ega Facebook va Instagram foydalanuvchilari “hikoyalar"ini 24 soatdan ko‘proq vaqtga joylashtira oladi.