Meta Instagram va Facebook’dagi videolarni “seriya"ga birlashtirish imkonini beruvchi funksiyani sinovdan o‘tkazishni boshladi.
Funksiya “Series” deb nomlanadi, deya xabar berdi TechCrunch kompaniyaga tayanib.
Sinov davomida saralangan mualliflar mavjud va yangi Reels videoroliklaridan “seriyalar” yarata oladilar.


Har bir rolik alohida epizodga aylanadi. Bunday bir nechta videolar maxsus bo‘limda (yoki yorliqda) birlashtiriladi.
Shuningdek, agar video shunday to‘plamga kiritilgan bo‘lsa, foydalanuvchilar o‘z tasmalaridan yoki Reels ilovasidan “seriya"ga o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Meta vakillarining ma’lum qilishicha, ular funksiyani monetizatsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, biroq tafsilotlarni oshkor etmagan.
Biroq, nashr “seriyalar” barcha mualliflar uchun qachon ochilishi haqida ma’lumot bermagan.
Bu funksiya yordamida kompaniya foydalanuvchilarda ijtimoiy tarmoqqa qayta-qayta kirishlari uchun “barqaror tomosha qilish odatini” shakllantirmoqchi, deya ta’kidlaydi TechCrunch. Mualliflar esa o‘z videolarini tartibga solishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Spot Facebook, Instagram va WhatsApp’da Plus pullik obunalari ishga tushirilgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, pulli obunaga ega Facebook va Instagram foydalanuvchilari “hikoyalar"ini 24 soatdan ko‘proq vaqtga joylashtira oladi.

