Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
13−14-iyun — shanba va yakshanba kunlari bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Agrobank;
- Aloqabank;
- Anorbank;
- APEX BANK;
- Asakabank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Garant bank;
- Hamkorbank;
- Hayot bank;
- InfinBank;
- Ipoteka-bank;
- Ipak Yuli Bank;
- Kapitalbank;
- Mikrokreditbank;
- Orient Finance bank;
- Poytaxt bank;
- Trastbank;
- Tenge bank;
- Universalbank;
- Xalq banki;
- Saderat bank;
- O‘zmilliybank;
- O‘zsanoatqurilishbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Spot banklarga mijozlarning tizimli muammolarini hal qilish majburiyati yuklatilishi mumkinligi haqida yozgan edi.