Telegram jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.


Navbatdagi yangilanish Telegramni ikkala bilakda ham taqish imkonini beradi va o‘nlab yangi funksiyalar hamda yaxshilanishlarni taqdim etadi.

Telegramni Apple Watch yoki Android smart soatiga yuklab olish orqali quyidagilarni bajarish mumkin:

  • matnli va ovozli xabarlarni yuborish;
  • ovozli xabarlarni tinglash;
  • media va video xabarlarni ko‘rish;
  • uzun xabarlarni o‘qish;
  • joylashuvlarga razm solish;
  • stikerlar yuborish;
  • chatlarni boshqarish.

Botlardan o‘nlab boy matnli formatlash imkoniyatlariga ega formatlangan xabarlarni qabul qilish:

  • qatorli (inline) media, karusellar va kollajlar;
  • jadvallar va ichma-ich iqtiboslar;
  • sarlavhalar va langarlar;
  • yig‘iluvchi qismlar va izohlar;
  • matematik formatlash va formulalar;
  • yuqori indeks, quyi indeks va yana boshqalaaaaaar;
  • odamlar guruhlarga qo‘shilishidan oldin ularni tekshirish uchun AI qo‘riqchilarni qo‘shish;
  • so‘rovnoma variantlariga havolalar kiritish;
  • .md fayllarni bevosita Telegram brauzerida ochish;
  • iOS’da qaysi havolalar o‘zingiz afzal ko‘rgan brauzerda ochilishini nazorat qilish;
  • Android’da yangi sarlavha panellari yordamida chatlaringizni ko‘proq ko‘rish.

Barcha uchun soat ilovalari

Endi foydalanuvchilar smart soat orqali chatlar va media fayllarni ko‘rishi, istalgan uzunlikdagi xabarlarni o‘qishi, ovozli xabarlarni tinglashi va videolarni tomosha qilishi mumkin. Shuningdek, matnli va ovozli xabarlar yuborish imkoniyati ham mavjud.

Wear OS versiyasida chatlarni qadash, ovozni o‘chirish va xabarlarni o‘chirish funksiyalari qo‘shilgan. Apple Watch ilovasida esa joylashuvlarni ko‘rish va stikerlar yuborish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Kompaniya kelgusi yangilanishlarda funksiyalarni ikkala platformada ham birxillashtirishni rejalashtirmoqda.

Guruh chatlari uchun qo‘riqchi botlar

Endi guruh egalariga qo‘shilish so‘rovlarini ko‘rib chiqish uchun sun’iy intellekt asosidagi botlarni administrator sifatida tayinlash imkoniyati berildi.

AI-botlar yangi a’zolarni tekshirishi, qoidabuzarlarga nisbatan choralar ko‘rishi hamda moslashuvchan mini-ilovalar orqali arizachilarni qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazishi mumkin.

So‘rovnoma variantlaridagi havolalar

Endi so‘rovnoma variantlariga qo‘shimcha matnlar va havolalar qo‘shish mumkin. Bu foydalanuvchilarga javob variantlari haqida ko‘proq ma’lumot berish va qo‘shimcha manbalarga yo‘naltirish imkonini yaratadi.

telegram, yangilanish

Botlar uchun juda boy matn formati

Endi botlar formatlangan matnlar, jadvallar, iqtiboslar, nazorat ro‘yxatlari, satr ichidagi rasmlar va boshqa ko‘plab elementlarni o‘z ichiga olgan boy formatdagi xabarlarni yuborishi mumkin.

Shuningdek, botlar yuboradigan xabarlar hajmi 32 768 tagacha belgiga oshirildi. Xabarning dastlabki 8 ming belgisi ko‘rsatiladi, qolgan qismini esa “Ko‘proq ko‘rsatish” tugmasi orqali ochish mumkin.

Brauzerni tezkor tanlash

Endi foydalanuvchilar havolani uzoq bosib turib, uni qaysi brauzerda ochishni tanlashi mumkin. Havolalar Telegram Brauzerda yoki qurilmadagi istalgan boshqa brauzerda ochiladi.

Shuningdek, Android va iOS’da ayrim saytlarni doimo Telegram Brauzerda yoki aksincha, hech qachon Telegram Brauzerda ochilmaydigan saytlar sifatida belgilash mumkin.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Telegram Brauzer foydalanuvchining kezish tarixini saqlamaydi.

MD fayllarni qo‘llab-quvvatlash

Ilova yangilanishidan so‘ng ilova ichidagi brauzer .md formatidagi Markdown fayllarni ochishi va ularni qurilmaning o‘zida to‘g‘ri formatlangan ko‘rinishda aks ettirishi mumkin.

Bu Markdown hujjatlarini qo‘shimcha dasturlarsiz o‘qishni yanada qulaylashtiradi.