2010-yilda BYD va Mercedes-Benz kompaniyalarining qo‘shma loyihasi sifatida tashkil etilgan Denza ilg‘or muhandislik yechimlari va premium avtomobil yaratish yondashuvini uyg‘unlashtirib, texnologik mobillikning yangi standartlarini shakllantirmoqda. Technology Drives Elegance (“Texnologiyalar nafislikni mujassam etadi”) shiori ostida faoliyat yurituvchi brend bugungi kunda BYD kompaniyasining premium yo‘nalishi hisoblanadi.
Denza Sergeli — bu shunchaki dilerlik markazi emas, balki nafislik va qulaylik muhitini yaratuvchi zamonaviy makondir. Bu yerda nafaqat premium avtomobillar namoyish etiladi, balki jahon standartlariga mos xizmat ko‘rsatish ham taqdim etiladi.
Markaz o‘zining nafis dizayni, sertifikatlangan mutaxassislari, har bir mijozga individual yondashuvi hamda taqdim etilgan modellarning test-drayvini o‘tkazish va xarid qilish imkoniyati bilan ajralib turadi. Nafis dizayni, sertifikatlangan mutaxassislari, har bir mijozga individual yondashuvi hamda taqdim etilgan modellarning test-drayvini o‘tkazish va xarid qilish imkoniyati.
Dastlabki bosqichda brend yo‘ltanlamasning (krossover) ikki modelini taqdim etadi. Denza B8 va Denza B5. Mazkur modellar Dual Mode Off-Road texnologik platformasi bilan jihozlangan bo‘lib, u yuqori o‘tkazuvchanlikka ega avtomobillar uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi avlod gibrid arxitekturasidir. Ushbu platforma elektromobil va gibrid kuch qurilmasining afzalliklarini birlashtirib, yuqori unumdorlik, samaradorlik, xavfsizlik hamda shaharda va undan tashqarida ishonchli harakatlanishni ta’minlaydi.
DMO platformasining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
- intellektual to‘liq uzatma tizimi;
- og‘irlikning muvozanatli taqsimlanishi;
- Cell-to-Chassis integratsiyalashgan texnologiyasi;
- shassi va osma tizimini boshqarishning ilg‘or texnologiyalari.
Ushbu yechimlar har qanday yo‘l qoplamasida yuqori darajadagi qulaylik va boshqaruvni ta’minlaydi.

Gibrid yo‘ltanlamaslarning asosiy xususiyatlari:
- old o‘rindiqlar massaj, shamollatish va isitish funksiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, safar davomida charchoqni kamaytirishga yordam beradi. 50 Vt quvvatga ega simsiz tezkor quvvatlash tizimi esa doimo aloqada bo‘lish imkonini beradi;
- avtomobilga o‘rnatilgan muzlatkich ichki haroratni minus 6 °C gacha sovutish va plyus 50 °C gacha isitish imkoniyatiga ega;
- sovuq mavsumda old va orqa o‘rindiqlar, rul chambaragi, tashqi ko‘zgular hamda orqa oynani isitish funksiyalarini o‘z ichiga olgan to‘liq isitish paketi qo‘shimcha qulaylik va a’lo darajadagi ko‘rinishni ta’minlaydi;
- 18 ta dinamik bilan jihozlangan Devialet audiotizimi salonni premium darajadagi teatr zaliga xos boy ovoz bilan to‘ldiradi;
- notekis yoki qiyalikdagi tuproq yo‘llarda avtomatik tekislash funksiyasi osma tizimini mustaqil ravishda sozlab, avtomobilning ajoyib darajada tekis holatda turishini ta’minlaydi;
- Vehicle-to-Load funksiyasi yordamida avtomobilga tashqi elektr jihozlarini ulash va ulardan quvvat manbai sifatida foydalanish mumkin. Bu esa safar davomida statsionar elektr manbalaridan mustaqil va yanada qulay harakatlanish imkoniyatini yaratadi.



Denza B8 modelining ayrim texnik xususiyatlari:
- komplektatsiya: 7 o‘rinli Flagship / 6 o‘rinli Flagship;
- o‘lchamlari: 5195×1994×1905 mm;
- g‘ildirak bazasi: 2915 mm;
- kuzov turi: ramali konstruksiya;
- minimal burilish radiusi: 6 m;
- shina o‘lchami: 275/55 R20;
- uzatma turi: 4WD (to‘liq uzatma);
- DVS: 2.0T;
- DVS quvvati: 145 kVt / 194 o.k.;
- oldingi elektr motorning maksimal quvvati: 200 kVt / 268 o.k.;
- orqa elektr motorning maksimal quvvati: 300 kVt / 402 o.k.;
- oldingi elektr motorning maksimal aylanish momenti: 360 N·m;
- orqa elektr motorning maksimal aylanish momenti: 400 N·m;
- 0−100 km/soat tezlanish: 4,85 soniya;
- maksimal tezlik: 180 km/soat;
- NEDC bo‘yicha elektr harakatlanish zaxirasi: 115 km;
- akkumulyator sig‘imi: 36,8 kVt·soat;
- doimiy tokda quvvatlash vaqti (SOC 30%-80%): 16 daqiqa;
- yoqilg‘i baki hajmi: 91 l;
- narxi: 7 o‘rinli Flagship — 986,7 mln so‘m, 6 o‘rinli Flagship — 1,024 mlrd so‘m.



Luxe va Flagship to‘plamidagi Denza B5 ning ba’zi texnik xususiyatlari:
- o‘lchamlari: Luxe — 4888×1970×1920 mm, Flagship — 4921×1970×1930 mm;
- g‘ildirak bazasi: 2800 mm;
- o‘rindiqlar soni: 5;
- DVS: 1.5T;
- DVS quvvati: 135 kVt / 181 o.k.;
- oldingi elektr motorning maksimal quvvati: 200 kVt / 268 o.k.;
- orqa elektr motorning maksimal quvvati: 285 kVt / 382 o.k.;
- oldingi elektr motorning aylanish momenti: 360 N·m;
- orqa elektr motorning aylanish momenti: 400 N·m;
- maksimal tezlik: 180 km/soat;
- elektr harakatlanish zaxirasi: 100 km;
- akkumulyator sig‘imi: 31,8 kVt·soat;
- doimiy tokda quvvatlash vaqti (SOC 30%-80%): 16 daqiqa;
- 0−100 km/soat tezlanish: 4,85 soniya;
- burilish radiusi: 5,9 m;
- shinalar o‘lchami: Luxe — 265/65 R18, Flagship — 275/55 R20;
- uzatma turi: 4WD (to‘liq uzatma);
- yoqilg‘i baki hajmi: 83 l;
- narxi: Luxe — 715 mln so‘m, Flagship — 775,4 mln so‘m.
Denza avtomobillariga 6 yil yoki 150 000 km masofagacha rasmiy kafolat taqdim etiladi. Blade Battery akkumulyatoriga esa 8 yillik kafolat amal qiladi.
Denza Sergeli rasmiy dilerlik markazidan avtomobil xarid qilgan mijozlar VIP xizmat ko‘rsatish maqomi, shaxsiy menejer, 24/7 rejimida qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa eksklyuziv klub imtiyozlariga ega bo‘ladilar.
Test-drayvga yozilish yoki mutaxassisdan batafsil maslahat olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilish mumkin: (+998) 55−555−01−10.
Manzil: Sergeli tumani, TXAY ko‘chasi, 109-uy.
Instagram: @denza_astanamotors
Telegram: t.me/denza_astanamotors
Reklama huquqlari asosida.





