Beshqozon marketing jamoasi Fransiyaning Kann shahrida bo‘lib o‘tadigan Cannes Lions Young Competitions xalqaro bosqichida ishtirok etadi. Tanlov 22−26-iyun kunlari dunyodagi eng nufuzli kreativ festivallardan biri — Cannes Lions International Festival of Creativity doirasida o‘tkaziladi.
Jamoa ushbu imkoniyatni O‘rta Osiyo bo‘yicha o‘tkazilgan mintaqaviy bosqichda g‘olib sifatida qo‘lga kiritdi. Beshqozon marketing jamoasi tanlovda birinchi o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi va mintaqa ishtirokchilari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.
Cannes Lions reklama, marketing va kreativ kommunikatsiyalar sohasidagi eng yirik xalqaro maydonlardan biri hisoblanadi. Har yili festivalda dunyoning top brendlari, agentliklari, marketologlari, kreativ mutaxassislari va yosh iste’dodlari ishtirok etadi.
Xalqaro bosqichda turli mamlakatlardan kelgan yosh jamoalar o‘zaro bellashadi. Ishtirokchilar qisqa vaqt ichida berilgan vazifa bo‘yicha yechim ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Bu jarayonda faqat kreativ g‘oya emas, balki brendni tushunish, auditoriyani his qilish va muammoga amaliy yechim topish qobiliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Beshqozonning Cannes Young Lions’dagi ishtiroki O‘zbekiston uchun ham e’tiborli voqea. Chunki bu safar mamlakat xalqaro maydonda osh madaniyatidan o‘sib chiqqan, bugun esa restoran bozoridagi taniqli brendlardan biriga aylangan loyiha orqali namoyon bo‘lmoqda.
Bu mahalliy bozor uchun ham muhim hisoblanadi — o‘zbek brendlari xalqaro maydonlarga nafaqat mahsuloti, balki marketing yondashuvi va kuchli jamoasi bilan ham chiqa oladi.

So‘nggi oylarda Beshqozon osh madaniyati atrofida bir qator yirik loyihalarni amalga oshirdi. May oyida brend o‘zining 27 yilligini katta festival va yosh oshpazlar o‘rtasidagi osh chempionati bilan nishonladi. Musobaqada ishtirokchilar osh tayyorlash bo‘yicha bellashdi, g‘olib esa bosh sovrin — Haval M6 avtomobilini qo‘lga kiritdi.
Bu kabi loyihalar Beshqozonning nafaqat osh markazlari tarmog‘i, balki madaniyat, tadbirlar, yosh mutaxassislar va zamonaviy kommunikatsiya bilan ishlaydigan brend sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadi. Cannes Young Lions’dagi ishtirok esa ushbu yo‘nalishning xalqaro bosqichdagi davomi bo‘ladi.
Beshqozon haqida
Beshqozon — aylanma hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik osh markazlari tarmog‘i va mamlakatdagi eng taniqli osh brendlaridan biri. Brend O‘zbekiston tashqarisida ham tanilib bormoqda: u haqda gastronomik nashrlar, sayohatchilar va xorijiy mehmonlar muntazam fikr bildiradi.
Beshqozonning Yunusobod tumanida, teleminora yaqinida joylashgan filiali “O‘rta Osiyo osh markazi” nomi bilan mashhur. Har kuni Beshqozon filiallariga 10 mingdan ortiq mehmon — Toshkent aholisi, O‘zbekiston hududlaridan kelgan mehmonlar va xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida tayyorlanadigan osh porsiyalari hajmi bo‘yicha Beshqozon dunyodagi top osh maskanlari qatorida turadi.
27 yil davomida Beshqozon Toshkent gastronomik madaniyatining muhim qismiga aylanib, har yili millionlab mehmonlarni qabul qiladi. 20-may kuni brend milliy gastronomiyani rivojlantirish, osh brendini ommalashtirish hamda sifat va xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etishga qo‘shgan hissasi uchun Brand Awards International 2026 mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Beshqozon filiallari quyidagi manzillarda joylashgan:
- Beshqozon Glinka — Glinka ko‘chasi, 41A;
- Beshqozon Ko‘kcha — Sheroziy ko‘chasi, 43;
- Beshqozon Sergeli — Sergeli-VIII mavzesi, 3B;
- Beshqozon Teleminora — Iftixor ko‘chasi, 1.
Telefon: (+998) 71−200−94−44.
Sayt: beshqozon.uz
Instagram: @beshqozon
Yetkazib berish uchun Telegram-bot: t.me/BeshqozonBot
Reklama huquqlari asosida.
