Telegram iOS’da kengaytirilgan matn muharririni sinovdan o‘tkaza boshladi, deb yozadi Telegram Info.
Messenjerning iOS uchun beta-versiyasida sun’iy intellekt muharriri tugmasi kengaytirilgan matn muharriri tugmasiga almashtirildi.
Uni bosganda matn terish maydoni butun ekranga yoyiladi, klaviatura ustida esa tahrirlash vositalari, jumladan, sarlavhalar, ro‘yxatlar, jadvallar, matematik formulalar, iqtiboslar va boshqalar paydo bo‘ladi.
2026-yil aprel oyi boshida Telegram xatolarni tuzatish, matn uslubini o‘zgartirish va uni boshqa tillarga tarjima qilish imkonini beruvchi sun’iy intellektli xabar muharririni qo‘shdi.
Qayd etilishicha, mazkur funksiya faollashishi uchun kamida uch qator matn kiritish kerak.
Iyun oyida messenjerda matnni formatlash uchun qo‘shimcha vositalar paydo bo‘ldi. Hozircha ular faqat botlar uchun mavjud.
Avvalroq Telegram kontent ijodkorlari uchun mukofot jamg‘armasi $200 minglik tanlov e’lon qildi.
Qayd etilishicha, ulardan raqamli erkinlik mavzusini targ‘ib qilishga yordam beradigan video yaratishlari talab etiladi.
Ishda Pavel Durovning Oslodagi yillik Ozodlik forumidagi nutqidagi g‘oyalar va kadrlarning hech bo‘lmaganda bir qismidan foydalanish kerak.
Shu bilan birga, ishtirokchilarga raqamli erkinlik mavzusini targ‘ib qilishga yordam beradigan har qanday boshqa materiallar va g‘oyalarni qo‘shishga ruxsat beriladi.
Qayd etilishicha, til va vositalar bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Bitta ijodkor turli platformalarda bir nechta video yuborishi mumkin.
