Uzum Avto avtomobillarni sotib olish va sotish xizmati geografiyasini kengaytirdi va endi butun mamlakat bo‘ylab mavjud, ilgari ilova faqat Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi foydalanuvchilar uchun mavjud edi.
Platformada 50 dan ortiq brendga mansub avtomobillar sotuvi bo‘yicha e’lonlar joylashtirilgan bo‘lib, shu bilan birga, foydalanuvchilar ko‘pincha Shevrolet’ning Lacetti, Cobalt va Spark modellarini sotish haqida e’lon beradi.
Uzum Avto’ning asosiy xususiyati tekshirilgan e’lonlar va oson joylashtirish jarayonidir. Avtomobilni sotuvga qo‘yish uchun davlat raqami, fotosuratlar va narxini kiritish kifoya. Qolgan ma’lumotlarni servis avtomatik tarzda to‘ldiradi, shu bois e’lon joylash taxminan bir daqiqa vaqt oladi, e’lon berish ham xususiy sotuvchilar, ham avtodilerlar uchun bepul bo‘lib qoladi.
Barcha e’lonlar CI yordamida avtomatik tekshiriladi. Servis foydalanuvchilar faqat aktual takliflar va haqiqiy avtomobillarni ko‘rishlari uchun dublikatlar, soxta e’lonlar, noto‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlaydi va bloklaydi. Xaridorlar avtomobil egasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishlari mumkin, kelgusida esa ilovada hamkor banklardan avtomobil sotib olish uchun kredit olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
“Biz avtomobil sotib olish va sotishni boshqa har qanday mahsulotga onlayn buyurtma berish kabi oddiy va shaffof qilishni istaymiz. Sinov tariqasida ishga tushirish davomida biz sotuvchilar ham, xaridorlar ham oila uchun avtomobil sotib olish stress emas, balki birinchi navbatda quvonchli voqea bo‘lishi uchun tasdiqlangan e’lonlar va tushunarli foydalanuvchi tajribasiga ega platformaga muhtoj ekanliklariga ishonch hosil qildik”, — deydi Uzum Avto bosh direktori Yegor Abramets.
Reklama huquqlari asosida.