E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


Spot birlamchi va ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun O‘zbekiston banklaridagi kredit shartlarini o‘rganib chiqdi.

Bugungi kunda avtokreditni mavjud 34 ta bankdan 24 tasidan olish mumkin. Kreditni bir yildan besh yilgacha muddatga olish mumkin, bunda foiz stavkalari 21% dan 33% gacha o‘zgaradi.

Ikkilamchi bozor uchun kreditlar Asia Alliance Bank, Davrbank, Ziraat Bank Uzbekistan, Mikrokreditbank, O‘zmilliybank, Orient Finans bank, Turonbank, Universalbank, Hamkorbank, Ipak yuli bank va Ipoteka bank tomonidan taklif etiladi.

Elektromobillar uchun kreditlar APEX BANK, potekabank, Davrbank, O‘zmilliybank, Mikrokreditbank, Mybank va Tenge Bank tomonidan beriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza;
  • pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
  • ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri bilan tuzilgan avtomashina oldi-sotdi shartnomasi;
  • qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oy davomidagi doimiy ish joyidan olgan oylik daromadlari (soliqlar va majburiy ajratmalar summalari bilan birga).
Bank nomiFoiz stavkasiBoshlang‘ich to‘lov
Muddati
Anorbank
33%
40%
5 yilgacha
APEX BANK26−28%25%5 yilgacha
Asakabank
24,9−25,9%
30−50%
3 yilgacha
25,9−26,9%
4 yilgacha
26,9−27,9%
5 yilgacha
Aloqabank
23%
40%
5 yilgacha
23,5%25%
24,5%
15%
Agrobank
24%
25%
4 yil
25%
5 yil
Asia Alliance Bank*
21−26%
25%
5 yil
Biznesni rivojlantirish banki
23−27%
25−50%
5 yilgacha
Davrbank*
25%
25%
5 yil
Garant bank*
25%
25−35%
5 yilgacha
24%
35%dan
Hamkorbank
23,9%
25%
1 yilgacha
25,9%
5 yilgacha
InfinBank
27,99%
25%
5 yilgacha
Ipotekabank*
27,9−29,9%
25%
5 yilgacha
Ipak yuli bank20,90−24,90%25% dan 49,99% gacha1 yildan 5 yilgacha
22,90−23,90%50% dan yuqori3 yilgacha
6 yilgacha
Mikrokreditbank
24%
25%
5 yilgacha
Mybank
27,9%
25%
5 yilgacha
O‘zmilliybank
25%
20%
5 yilgacha
23%
40%
Orient Finans bank
21,9%
50%
5 yilgacha
22,9%
40%
23,9%
30%
24,5%
25%
Poytaxtbank24,9−26,9%26−50%4 yilgacha
Trastbank*
23,9%40%
5yil
24,9%
25%
Tenge Bank
27,9%
26%
4 yilgacha
Turonbank
20,99%
50%
5 yilgacha
21,99%40−50%
22,99%30−40%
Xalq banki
24%
25%
5 yil
50%***
Ziraat Bank Uzbekistan
23−27%
30%
5 yilgacha
22,5−26%
21−25%
40%
Universalbank
28−29%
40% gacha5 yilgacha
27−28%
40% dan yuqori

* -Ushbu banklar BYD, Kia, Lada, Chery, Hyundai, Jetour, Skoda va Volkswagen avtomobillari uchun alohida kreditlar taklif qiladi.
** -ikkilamchi bozor uchun shartlar.
*** — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun stavka.