Soliq portalidagi ayrim elektron xizmatlar 1−6-iyul kunlari vaqtincha ishlamaydi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma‘lum qildi.
Xususan, ushbu davrda budjet bilan hisob-kitoblar bo‘yicha solishtirma dalolatnomani olish hamda soliq qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma‘lumotnomani shakllantirib bo‘lmaydi.
Qo‘mita buning sababi soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish bo‘yicha texnik ishlar olib borilayotgani bilan izohladi. Texnik ishlar 1-iyuldan kuchga kirgan yangi tartibni joriy etish bilan bog‘liq.
Unga ko‘ra, bozorlar, savdo komplekslari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning soliq ma‘murchiligini endilikda tegishli tuman (shahar) soliq inspeksiyalari yuritadi.
Soliq qo‘mitasi texnik ishlar yakunlangach, portaldagi barcha elektron xizmatlar odatdagi tartibda qayta tiklanishini ma‘lum qildi.
Spot, avvlaroq, oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlar uchun 1%lik soliq stavkasi joriy etilishi haqida yozgandi.