Germaniyaning BMW avtomobil konserni AQSHda yong‘in xavfi sabab 29 119 ta avtomobilni qaytarib oladi, deya xabar berdi Reuters.

Ta’kidlanishicha, qaytarib olishga brendning ayrim ommabop modellari o‘t oldirish tizimida aniqlangan jiddiy nosozlik sabab bo‘lgan.

Dvigatel starteri relesidagi muammo korroziyaga uchrashi mumkin, bu esa qizib ketish va qisqa tutashuvni keltirib chiqarib, yong‘in xavfini oshiradi.

Qaytarib olinadigan modellar orasida:

  • BMW 530e xDrive;
  • BMW 740Le xDrive;
  • BMW iPerformance liniyasining ayrim avtomobillari bor.

Qayd etilishicha, dilerlar ushbu avtomobillarda dvigatel starterini bepul almashtirib beradi.

Avvalroq Erondagi urush va Xitoydagi inqiroz BMW’ni 2026-yilgi foyda prognozini keskin pasaytirishga majbur qilgandi.

Kompaniya bunga Xitoydagi asosiy bozorda talabning tez pasayishi hamda Erondagi urush oqibatida iste’molchilar kayfiyatining yomonlashuvi va energiya narxlarining oshishi sabab bo‘lganini bildirgan.

Shuningdek, BMW’ning jahon bo‘yicha savdolari ikkinchi chorakda kamaygan, kompaniya esa Xitoydagi mijozlarining qariyb 30%ini yo‘qotgan.

Bunga mamlakatdagi uzoq davom etayotgan ko‘chmas mulk inqirozi sabab badavlat xaridorlarning xarid qobiliyati pasaygani asosiy omil bo‘lgan.


Avvalroq Spot Volvo butun dunyo bo‘ylab 33 mingdan ortiq krossoverlarini chaqirib olishi haqida yozgandi.