2026-yilda kadastr xizmatlarini ko‘rsatishda muddatlarni buzish va asossiz rad etish holatlariga yo‘l qo‘ygan 619 nafar mutaxassisga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. Bu haqda Kadastr agentligi ma‘lum qildi.

Agentlik ma‘lumotiga ko‘ra, 345 nafar xodimga hayfsan berilgan, 242 nafariga oylik ish haqining 10−30%i miqdorida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, 22 nafar mutaxassis ogohlantirilgan.

Yana 7 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Kadastr agentligi aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilganini ta‘kidladi.

Joriy yilning mart oyida Samarqandda kadastr muhandisi $2,5 ming olayotganda ushlangandi.

Spot, avvalroq, ko‘chmas mulk narxini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlangani haqida yozgandi.