Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta‘lim tashkilotlari magistraturasiga qabul parametrlari mutaxassisliklar va o‘qitish tillari kesimida tasdiqlanganini ma‘lum qildi.
Kunduzgi ta‘lim shakli uchun jami 22 050 ta qabul o‘rni belgilangan. Shundan 10 340 tasi davlat granti, 11 710 tasi esa to‘lov-kontrakt asosiga to‘g‘ri keladi.
Davlat granti asosidagi o‘rinlarning 9 009 tasi o‘zbek, 1 331 tasi rus tilidagi ta‘lim uchun ajratilgan. To‘lov-kontrakt asosidagi o‘rinlarning 9 649 tasi o‘zbek, 2 061 tasi esa rus tilidagi ta‘limga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, magistraturaning kechki va masofaviy ta‘lim shakllari bo‘yicha ham qabul parametrlari tasdiqlandi.
Kechki ta‘lim shakli uchun jami 1 393 ta qabul o‘rni ajratilgan bo‘lib, shundan 1 103 tasi o‘zbek, 156 tasi rus, 130 tasiqoraqalpoq va 4 tasi qozoq tilidagi ta‘lim yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.
Masofaviy ta‘lim shakli uchun esa jami 892 ta qabul parametri belgilangan. Shundan 832 tasi o‘zbek, 50 tasi rus va 10 tasi qoraqalpoq tilidagi ta‘lim yo‘nalishlariga ajratilgan.
1-iyuldan O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlangandi.
Spot, avvalroq, bakalavriat uchun qabul kvotalari tasdiqlangani haqida yozgandi.