Hukumat qarori bilan jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish uchun elektron murojaat yuborish tartibi tasdiqlandi.
Buning uchun Vazirlar Mahkamasining 150-son qaroriga tegishli qo‘shimcha kiritildi.
Yangi ma‘muriy reglamentga ko‘ra, fuqarolar soliq imtiyozini qo‘llash bo‘yicha arizani Elektron soliq xizmatlari portali yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali yuborishi mumkin.
Soliq organi murojaatni o‘zida mavjud ma‘lumotlar asosida 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, imtiyozni qo‘llash yoki rad etish yuzasidan xulosa tayyorlaydi.
Qabul qilingan qaror 1 ish kuni ichida ariza beruvchining Elektron soliq xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yoki my.gov.uz portaliga yuboriladi.
Agar murojaat rad etilsa, fuqaro rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin. Bunday murojaat reglament talablari asosida takroran ko‘rib chiqiladi.
Spot, avvalroq, eng orasta va fayzli “dom” hamda hovlilar soliq imtiyoziga ega bo‘lishi haqida yozgandi.