Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi bino va inshootlar majmuasini sotuvga qo‘ydi, deya xabar beriladi E-auksion portalida.
Obyekt Erkin mahallasida, Toshkent temir yo‘li yaqinida va Toshkent shahri chetidan taxminan 5 km masofada joylashgan. Suratlar va ochiq ma‘lumotlarga ko‘ra, bu yerda Babos ot sporti klubi faoliyat yuritadi.
Majmua 4,64 ga maydonni egallaydi. Uning hududida umumiy maydoni 18,58 ming kv. metr (foydali maydoni — 12,6 ming kv. m) bo‘lgan klub binolari, otxonalar, manej, tribuna, ma‘muriy va yordamchi binolar mavjud.





Klubda bilyard zali, sauna va hammom bor. Barcha kommunikatsiyalar — gaz, suv, elektr energiyasi va kanalizatsiya o‘tkazilgan.
Boshlang‘ich narxi — 107,15 mlrd so‘m. Auksion 14-avgust kuni soat 10:00 ga belgilangan.
Lot fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining mart oyida chiqarilgan qaroriga (ijro hujjati 2−1004−2501/95613) asosan sotilmoqda.
Spot, avvalroq, O‘zbekiston konlarni auksionga chiqarishni 4 barobarga oshirishi haqida yozgandi.




