CNBC va Statista versiyasi bo‘yicha, yetakchi fintex kompaniyalari ro‘yxati fintex sanoatining eng nufuzli xalqaro tadqiqotlaridan biridir. Uning maqsadi texnologiyalar, innovatsiyalar va keng ko‘lamli raqamli yechimlar orqali moliyaviy xizmatlar kelajagini shakllantiradigan kompaniyalarni ajratib ko‘rsatishdir. “Neobanking” toifasi yangi avlod raqamli moliyaviy xizmatlarini — an’anaviy filiallar tarmog‘isiz, asosan onlayn formatda bank va bank atrofi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarni birlashtiradi.
Uzum’ning dunyoning yetakchi fintex kompaniyalari ro‘yxatiga kiritilishi millionlab foydalanuvchilarning kompaniyaning raqamli moliyaviy yechimlariga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganini aks ettiradi. Tobora ko‘proq O‘zbekiston aholisi kundalik to‘lovlar, xaridlar, shaxsiy moliyasini boshqarish va bank xizmatlaridan foydalanish uchun raqamli servislarni tanlamoqda.
“Biz uchun bu e’tirof, avvalo, ekotizim yondashuvi haqiqatan ham millionlab odamlarning odatlarini o‘zgartirayotganini tasdiqlaydi. Biz noyob va uzluksiz foydalanuvchi tajribasini yaratmoqdamiz: oziq-ovqatga buyurtma berishdan tortib, tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilishgacha bo‘lgan turli kundalik vazifalarni hal etishga mo‘ljallangan servislar yagona ekotizimga birlashtirilgan. Bu esa foydalanuvchiga kerakli yechimlardan osongina foydalanish, bizga esa zamonaviy IT-yechimlarni butun mamlakat bo‘ylab ommalashtirib, yangi mahsulotlarni rivojlantirish imkonini beradi. Shu sababli O‘zbekistonning 6 mlndan ortiq aholisi Uzum Bank kartalarini tanlab ulgurdi — chunki karta shunchaki to‘lov vositasi bo‘lib qolmay, ekotizim bilan kundalik muloqotning tabiiy qismiga aylanmoqda. Aynan texnologiyalar, qulaylik va ekotizim modelining uyg‘unligi bizga servislarni tezkorlik bilan kengaytirish, ularning ommabopligini oshirish hamda mamlakat raqamli iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shish imkoniyatini beradi”, — dedi Uzum ekotizimi asoschisi va bosh direktori Jasur Jumayev.
Tadqiqotni tuzishda Statista kompleks baholash metodologiyasidan foydalanadi. Biznes rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlaridan tashqari, har bir toifa uchun bozorning muayyan segmenti xususiyatlarini aks ettiruvchi ixtisoslashtirilgan tarmoq KPIlari qo‘llaniladi. Bunday yondashuv kompaniyalarni ularning yo‘nalishi uchun eng muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqqoslash va nafaqat biznes ko‘lamini, balki samaradorlik, rivojlanish dinamikasi va raqamli yetuklik darajasini baholash imkonini beradi.
Reklama huquqlari asosida.