O‘zbekiston Milliy banki Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi sovutgichli omborni sotuvga qo‘ygani haqida E-auksion‘da xabar berildi.
Obyekt Nurlihayot ko‘chasida, Xonobod metro bekatining yonida hamda poytaxt aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminaliga yaqin joyda joylashgan. Ochiq ma‘lumotlarga ko‘ra, u Fruzal kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Ombor va yordamchi binolar 1,3 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 3071 kvadrat metrni (shundan 2388 kvadrat metri foydali maydon) tashkil etadi. Barcha kommunikatsiyalar — suv ta‘minoti, kanalizatsiya, gaz va elektr energiyasi mavjud.
Lotning boshlang‘ich narxi — 28,3 mlrd so‘m. Auksion 21-avgust kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Lot O‘zmilliybank Toshkent shahar boshqarmasining may oyida qabul qilingan qaroriga (№2026/111) muvofiq sotilmoqda. Hududda 218 kvadrat metr maydonni egallagan o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino mavjud.
Spot, avvalroq, Toshkent yaqinidagi Babos ot sporti klubining binolari auksionga qo‘yilgani haqida yozgandi.