Suratga olish ishlari Toshkent shahar hokimligi ko‘magida amalga oshirildi. Yangilangan tasvirlar foydalanuvchilarga notanish yo‘nalishni oldindan o‘rganish, binoning kerakli kirish joyini topish yoki tanish ko‘cha va mahallalar qanday o‘zgarganini ko‘rish imkonini beradi.
Endi Yandex Maps orqali shaharning diqqatga sazovor joylari va jamoat maskanlarining yangilangan panoramalarini ko‘rish mumkin. Ular qatorida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Magic City ko‘ngilochar majmuasi, Tashkent City Mall savdo markazi va Olimpiya shaharchasi bor. Shuningdek, Amir Temur shohko‘chasi, Shota Rustaveli, Bobur, Furqat hamda boshqa ko‘chalarning panoramalari ham yangilandi.
“Raqamli infratuzilmani izchil rivojlantirish Toshkent shahar muhiti sifatini oshirishga qaratilgan ishlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Dolzarb panorama tasvirlari shaharda yuz berayotgan o‘zgarishlarni, jumladan yangi infratuzilma obyektlari barpo etilishi va yo‘l-transport tarmog‘i rivojlanishini aniq aks ettirish imkonini beradi. Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha shahar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun navigatsiyani yanada qulaylashtiradi hamda shahar xizmatlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi”, — dedi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev.
Panoramalar orqali foydalanuvchilar kerakli joyni oldindan ko‘rib chiqishi mumkin: binoning kirish qismi qayerda joylashganini aniqlash, tashkilot manzilini topish, yaqin atrofdagi mo‘ljallarni ko‘rish yoki yo‘nalishdagi vaziyatni baholash mumkin. Shuningdek, ular yordamida Toshkent bo‘ylab virtual sayr qilish ham mumkin — Amir Temur maydoni va Mustaqillik maydoni bo‘ylab sayr qilish, Toshkent teleminorasi, Chorsu bozori, Hazrati Imom majmuasi yoki Minor masjidini tomosha qilish mumkin.

“Panoramaga suratga olish nafaqat shaharni virtual tarzda ko‘rish imkoni, balki raqamli xarita uchun dolzarb ma’lumotlarning muhim manbai hamdir. Kompyuterli ko‘rish texnologiyalari yordamida biz yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari, svetoforlar va shahar infratuzilmasining boshqa elementlarini tahlil qilamiz. Bu esa Yandex Maps xizmatidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilash imkonini beradi. Natijada haydovchilar va piyodalar uchun navigatsiya aniqligi oshadi, Toshkent bo‘ylab kundalik harakatlanish yanada qulay va oldindan aytish mumkin bo‘lgan darajada bo‘ladi”, — dedi Yandex Uzbekistan strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Sardor Qodirov.
Panoramalarni smartfonda ko‘rish uchun asosiy ekranning yuqori o‘ng burchagidagi ikki kvadrat shaklidagi belgi bosiladi. So‘ng “Panoramalar” qatlami tanlanadi va xaritada ko‘k chiziqlar paydo bo‘ladi. Ulardan istalganini bosish orqali tanlangan joyni har tomonlama ko‘rish mumkin.


Yandex Maps ilovasini Google Play yoki App Store orqali yuklab olish mumkin.
Yandex Maps haqida
Yandex Maps — kundalik shahar hayotidagi turli vazifalarni hal qilishga yordam beradigan ilova. U orqali eng yaqin kafe, do‘kon yoki dorixonani topish, notanish manzilga yo‘nalish tuzish mumkin. Shuningdek, ilovada tashkilotlar va shahar obyektlari haqida ma’lumotlar, ish vaqti, suratlar, reytinglar, sharhlar va boshqa foydali axborotni ko‘rish, so‘ngra jamoat transportida, shaxsiy avtomobilda yoki piyoda eng qulay marshrutni tuzish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.

