O‘zbekistonda kompaniyalar soni ortib bormoqda, demak, tashkilotlar bir mijoz uchun tobora ko‘proq raqobatlashmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabr holatiga mamlakatda 613,5 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,9% ga ko‘p. 2026 yil yanvar-iyul oylarida esa O‘zbekistonda 51,7 mingta yangi kichik tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan.

Raqobat ayniqsa mijoz atrofida bir nechta o‘xshash takliflar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan sohalarda yaqqol seziladi: kafe va restoranlar, do‘konlar, go‘zallik salonlari, avtoservislar, ta’lim markazlari va boshqa tashkilotlar. Ko‘pincha ular orasidan tanlash jarayoni smartfondan boshlanadi — foydalanuvchi shahar xaritasini ochadi, kerakli hududda nimalar borligini ko‘radi, sharhlarni o‘qiydi, menyu yoki interyer bilan tanishadi. Keyin esa ko‘rgan joylari yoki kompaniyalari haqidagi taassurotiga qarab qaror qabul qiladi. Aniqrog‘i, ularning profili asosida.

Biznes va mijoz bir-birini qanday topadi?

Yandex Maps ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi har ikki foydalanuvchidan biri xaritalar orqali joylar yoki tashkilotlarni izlaydi: masalan, sartaroshxona, kafe yoki avtomoyka tanlash uchun. Bunday qidiruvdan har kuni o‘rtacha 380 mingga yaqin kishi foydalanadi va bir sutkada 1 mln dan ortiq so‘rov amalga oshiriladi.

reklama, yandex maps

Har bir so‘rov ortida aniq ehtiyoj bor: kimdir “yaqindagi restoran”, boshqasi “yaqindagi stomatologiya” yoki muayyan mahalladagi “go‘zallik saloni"ni izlaydi. Foydalanuvchi mavjud variantlarni o‘rganadi va kompaniya profilidagi ma’lumotlar, fotosuratlar hamda avvalgi mijozlar tajribasi asosida o‘ziga mos variantni tanlaydi.

Biznes uchun bu avval kompaniya haqida hech narsa bilmagan, ammo muayyan tovar yoki xizmatga qiziqish bildirgan mijozni jalb qilish imkoniyati. Ko‘rib chiqilayotgan variantlar qatoriga kirish uchun Yandex Maps’da shunchaki mavjud bo‘lishning o‘zi yetarli emas — kompaniyani potensial mijozga tushunarli tarzda taqdim etish ham muhim.

Hozir Yandex Maps’da O‘zbekiston bo‘ylab 260 mingga yaqin kompaniya haqida ma’lumot bor. Foydalanuvchilar ish vaqti va mijozlar qoldirgan sharhlarni hisobga olgan holda o‘zlariga mos joyni tanlashlari, kompaniya haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishlari, xizmatga yozilish uchun qo‘ng‘iroq qilishlari yoki manzilga borish yo‘nalishini tuzishlari mumkin. Restoranlarda esa stolni to‘g‘ridan to‘g‘ri ilova orqali band qilish imkoniyati ham bor.

Shuning uchun tadbirkorga biznes profili xaritada shunchaki mavjud bo‘lishi emas, balki mijozga qaror qabul qilishda yordam berishi muhim. Buning uchun profildagi ma’lumotlar dolzarb, sharhlar ijobiy, fotosuratlar esa kompaniya haqida tasavvur beradigan bo‘lishi va mijoz keyingi harakatga tez o‘ta olishi kerak.

Yandex Maps biznes uchun nimasi bilan foydali?

O‘zbekistonga moslashuv. Yandex Maps mahalliy xususiyatlar va foydalanuvchilar uchun odatiy ssenariylarni hisobga oladi. Masalan, yozda Toshkentda piyoda marshrutlarni soya va daraxtlar sonini hisobga olgan holda tuzishga yordam beradigan “yashil marshrutlar” paydo bo‘ldi. Bu, ayniqsa, issiq kunlarda dolzarb.

Shuningdek, yozda “Chilla” maxsus rukni va issiqdan panalash, salqinlashish, muzqaymoq yeyish yoki sovuq taomlarni tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan joylar jamlanmasi taqdim etildi. Biznes uchun bunday jamlanmalar potensial mijozlar e’tiboriga tushishning yana bir imkoniyati. Foydalanuvchi ularni aniq maqsad bilan ochadi — masalan, issiq havoda vaqt o‘tkazish uchun joy qidiradi va avval nomi bo‘yicha izlamagan mos muassasalar bilan ham tanishishi mumkin.

reklama, yandex maps

O‘sib borayotgan auditoriya. Yandex Maps’dagi yangi imkoniyatlar va mahalliy yangilanishlar xizmat auditoriyasini kengaytirish hamda undan foydalanish chastotasini oshirishga yordam bermoqda. O‘zbekistonda Yandex Maps’dan oyiga o‘rtacha 4,9 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Xizmatdan har kuni o‘rtacha 800 mingga yaqin kishi foydalanadi. Sentyabr oyida esa rekord qayd etildi: kunlik foydalanuvchilar soni ilk bor 1 mln dan oshdi.

Yandex Uzbekistan’ning bir nechta xizmatlarida bir vaqtda ko‘rinish. Biznes Yandex Maps’da o‘z profilini yaratganda, undagi ma’lumotlar avtomatik ravishda Yandex Search, Navigator va millionlab o‘zbekistonliklar foydalanadigan Yandex Go xizmatlarida ham paydo bo‘ladi.

Shu tariqa, bitta profil kompaniyaga foydalanuvchining xarid yoki xizmat tanlash jarayonining turli bosqichlarida ko‘rinib turish imkonini beradi.

Targ‘ib uchun kamroq resurs. Yandex Maps orqali mijozlarni jalb qilishni boshlash uchun biznesga bepul profil yaratish va kompaniya haqidagi asosiy ma’lumotlarni kiritishning o‘zi kifoya. Shundan so‘ng tashkilot profili tegishli qidiruv so‘rovlarida ko‘rinadi va muayyan tovar yoki xizmatlarga qiziqqan foydalanuvchilarga tavsiya qilinishi mumkin.

Biznes profildagi ma’lumotlarni mustaqil boshqarishi ham mumkin: ish vaqtini yangilash, fotosuratlar qo‘shish, xizmat va tovarlar haqida ma’lumot berish, sharhlarni kuzatish. Bu har safar targ‘ib mutaxassislariga murojaat qilmasdan, ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilab turish imkonini beradi.

Yandex Maps bilan ishlashni qanday boshlash mumkin?

Kompaniya profilini yaratish yoki topish. Avvalo, tashkilot xizmatda bor-yo‘qligini tekshirish kerak. Agar profil hali mavjud bo‘lmasa, uni shaxsiy kabinet orqali yaratish mumkin. Buning uchun kompaniya nomi, faoliyat turi, manzil, telefon raqami va sayt haqidagi ma’lumotlarni kiritish lozim. Agar kompaniya avvalroq qo‘shilgan bo‘lsa, egasi unga bo‘lgan huquqini tasdiqlashi kifoya. Shundan so‘ng profilni mustaqil tahrirlash mumkin.

Amalda bu bir necha qadamdan iborat. Yandex Maps’ni ilova yoki sayt orqali ochib, kompaniya profilini topish kerak. Keyin profilni ochib, “Siz ushbu tashkilot egasimisiz?” tugmasini bosish lozim. Shundan so‘ng verifikatsiya jarayonidan o‘tish kerak bo‘ladi. U kompaniya profilini haqiqatan ham biznes vakili boshqarayotganini tasdiqlaydi.

reklama, yandex maps

Profilni to‘ldirish. Profil qanchalik batafsil to‘ldirilsa, mijoz tashrif buyurishidan oldin kompaniya haqida shunchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Profilga ish vaqti, interer va tovarlarning fotosuratlari, sayt yoki ijtimoiy tarmoqlarga havolalar hamda kompaniya haqida boshqa ma’lumotlarni qo‘shish mumkin.

Majburiy bo‘limlar to‘ldirilib, kompaniyaga bo‘lgan huquq tasdiqlangandan so‘ng, tashkilot profilida ko‘k rangli “Ma'lumot egasi tomonidan tasdiqlangan” belgisi paydo bo‘lishi mumkin. Uni saqlab qolish uchun ma’lumotlarni kamida har uch oyda bir marta tekshirib, yangilab turish kerak.

Sharhlar bilan ishlash. Sharhlar va baholar kompaniya reytingiga ta’sir qiladi hamda boshqa foydalanuvchilarga tanlov qilishda yordam beradi. Administratorlar tashrifdan keyin mijozlarga sharh qoldirishni eslatishi, kassa yoki qabulxona oldiga esa Yandex Maps’dagi profilga olib boruvchi QR-kod joylashtirishi mumkin. Shaxsiy kabinet orqali tashkilot haqida sharh qoldirish shakliga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib boruvchi QR-kodni bepul yuklab olish mumkin.

Faqat fikr-mulohazalarni yig‘ish emas, balki ularga javob berish ham muhim, ijobiy sharhlarga ham, tanqidiy fikrlarga ham. Bu mijozlar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi va potensial tashrif buyuruvchilarga kompaniya ularning tajribasiga e’tibor qaratishi hamda xizmat sifatini yaxshilashga intilishini ko‘rsatadi.

Statistikani kuzatish. Shaxsiy kabinet orqali foydalanuvchilar kompaniya bilan qanday o‘zaro munosabat qilayotganini ko‘rish mumkin: uni qidiruv orqali topishyaptimi, profilni ochishyaptimi, marshrut tuzishyaptimi, saytga o‘tishyaptimi yoki telefon raqamiga bosishyaptimi.


Yandex Maps O‘zbekistondagi kompaniyalarga potensial mijozlar orasida tanilishiga yordam beradi. Foydalanuvchilar muayyan xizmatni qidirganda, tematik bo‘limlarni ko‘zdan kechirganda yoki maxsus to‘plamlardan o‘zlariga ma’qul joylarni tanlaganda kompaniyalar ularning e’tiboriga tushishi mumkin. Buning uchun bepul profil yaratishdan boshlash mumkin: undagi dolzarb ma’lumotlar, fotosuratlar va mijozlar qoldirgan sharhlar bilan ishlash odamlarga kompaniya haqida bilish va unga tashrif buyurishdan oldin tanlov qilishda yordam beradi. Shu tariqa, xizmat biznesga o‘zini tanitish, tashrif buyuruvchilar uning qaysi jihatlarini qadrlashini ko‘rsatish va yangi mijozlarni jalb qilish imkonini beradi.

Reklama huquqlari asosida.