Urbanizatsiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va investitsiyalarni jalb etish ko‘lamining kengayishi O‘zbekistonda yangi rivojlanish imkoniyatlarini yuzaga chiqarmoqda. Shunday sharoitda Vyetnamning ROX Group kompaniyasi Buxoro, Toshkent va Samarqanddagi shaharsozlik majmualariga investitsiya kiritish rejalarini ilgari surmoqda, shuningdek, sanoat infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganib, Markaziy Osiyo bozorida uzoq muddatli ishtirokni ko‘zlamoqda.
Xalqaro investorlar uchun istiqbolli bozor
So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiy islohotlar, infratuzilmani rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirmoqda. Urbanizatsiya surʼati bilan birga sifatli uy-joy, savdo markazlari, mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish obyektlari va shahar infratuzilmasiga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Aynan shu yo‘nalishlar kompleks loyihalarni amalga oshirish salohiyati va uzoq muddatli strategik qarashga ega investorlar uchun keng imkoniyatlar ochmoqda.
O‘zbekiston ROX Groupning xalqaro kengayish strategiyasidagi ustuvor bozorlardan biri hisoblanadi. Guruh faqat turar joy ko‘chmas mulki bilan cheklanmay, shaharsozlikni savdo, xizmat ko‘rsatish, turizm va sanoat bilan uyg‘unlashtirgan ko‘p tarmoqli investitsiya modelini ko‘zlamoqda.
Bu yondashuv 2026-yil 3-noyabr kuni Buxoroda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yaqqol namoyon bo‘ldi: prezident Shavkat Mirziyoyev ROX Groupning investitsiya takliflarini yuqori baholab, qo‘llab-quvvatladi. Guruh Buxoro, Toshkent va Samarqandda umumiy maydoni qariyb 253 gektar, rejalashtirilgan investitsiyalar hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari bo‘lgan va taxminan 90 ming aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan to‘rtta shaharsozlik loyihasini amalga oshirishni taklif qildi.

ROX asoschisi Tran Anh Tuan 3-noyabr kuni Buxoroda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Davlat rahbari mutasaddi idoralarga investor bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish shart-sharoitlarini, avvalo, muhim infratuzilma masalalari va ilg‘or shaharsozlik yechimlarini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganishni topshirdi. Bu ROXning investitsiya rejalari uchun ijobiy signal bo‘lib, loyihalarni bosh rejalar va har bir hududning rivojlanish ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish naqadar muhimligini ham ko‘rsatadi.
Ko‘chmas mulkdan tashqari, ROX ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirish, korxonalarni jalb qilish va ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Jizzax viloyatining Zomin tumanida sanoat zonasini rivojlantirish imkoniyatini o‘rganishni ham taklif etdi. Shu tariqa, O‘zbekistondagi investitsiya strategiyasi shaharsozlik, savdo, xizmat ko‘rsatish va sanoatni bog‘lovchi yondashuv asosida shakllantirilib, mahalliy iqtisodiyot rivojiga qo‘shimcha turtki beradi.
Ushbu ko‘p tarmoqli yondashuv O‘zbekiston xalqaro investitsiyalarni jalb etish va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishni jadallashtirayotgan bir davrda amalga oshirilmoqda. Birgina Buxoro viloyatida 3-noyabr kuni eʼlon qilingan investitsiya dasturining umumiy hajmi qariyb 7,8 mlrd dollarni tashkil etadi: qiymati 654 million dollar bo‘lgan 55 ta loyiha ishga tushirilgan, umumiy qiymati 7,1 mlrd dollar bo‘lgan 90 ta yangi loyiha esa boshlanmoqda. Investitsiyalar sanoat, energetika, tog‘-kon, turizm va logistika sohalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularda ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Vyetnam kompaniyalari ishtirok etmoqda. Bu manzarada ROX loyihalari shaharsozlikni rivojlantirish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun qo‘shimcha resurs bo‘lib xizmat qiladi.
Uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining xalqaro poydevori
30 yildan ortiq faoliyati davomida ROX Group ko‘chmas mulk, shaharsozlik, xizmat ko‘rsatish, moliya-bank va energetika sohalarini qamrab olgan ko‘p tarmoqli ekotizimni shakllantirdi. Vyetnamda guruh Goldmark City, GoldSeason, GoldSilk, The GoldView kabi turar joy majmualaridan tortib ROX iPark orqali sanoat ko‘chmas mulkini rivojlantirishgacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarda o‘z o‘rnini egalladi. Guruh, shuningdek, mehmonxona biznesi, mulkni boshqarish va ekspluatatsiya xizmatlari hamda energetika sohalarida ham faoliyat yuritadi. 2026-yilda ROX Group Vyetnamning yetakchi 10 ta ko‘chmas mulk kompaniyasi qatoriga kiritildi — bu guruhning bozorga qo‘shgan hissasi va loyihalarni amalga oshirish salohiyatining munosib eʼtirofidir.
Bugungi kunda guruh tarkibida 47 ta kompaniya va 14 ta sanoat parki mavjud bo‘lib, u 400 dan ortiq loyihaga ega hamda 10 dan ortiq mamlakat va hududda faoliyat yuritmoqda.
Markaziy Osiyoda ROX Qirg‘izistonda bir qator loyihalarni amalga oshirgan. Ular orasida poytaxt Bishkekdagi ko‘p funksiyali Royal Central Park shaharchasi va umumiy loyiha quvvati 1900 MWp bo‘lgan ROX Issyk-Kul quyosh elektr stansiyasi bor. Stansiyaning 175 MWp quvvatga ega birinchi navbati 2026-yil iyun oyidan buyon ishlab turibdi.
Mintaqa bozorlarida loyihalarni amalga oshirish tajribasi ROXga O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi, shuningdek, investitsiya muhiti, hududiy xususiyatlar va mahalliy hamkorlar bilan ishlash talablariga moslashish bo‘yicha tajriba to‘plash imkonini beradi.
ROX Group asoschisi Tran Anh Tuanning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston guruhning xalqaro kengayish yo‘lidagi strategik bozorlardan biridir. Kompaniya uchun uzoq muddatli investitsiya faqat kapital hajmi yoki loyiha maydoni bilan emas, balki inshootlar sifati, foydalanish samaradorligi, ish o‘rinlari yaratish salohiyati va jamiyatga keltiradigan ijtimoiy-iqtisodiy naf bilan ham o‘lchanadi.
“Barqaror investitsiya, avvalo, hududni chuqur anglashdan boshlanadi. Har bir hududning o‘z qiyofasi, iqtisodiy sharoiti va rivojlanish ehtiyojlari bor. Shundan kelib chiqqan holda, ROX davlat organlari va mahalliy hamkorlar bilan yelkama-yelka ishlab, ilg‘or va amaliyotga mos yechimlarni joriy etishga, hududlar salohiyatini ochib berish, o‘sish uchun yangi turtki yaratish hamda mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga intiladi”, — dedi Tran Anh Tuan.
O‘zbekiston uchun ROX Group loyihalari Vyetnam bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish bilan birga, urbanizatsiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlariga qo‘shimcha resurs bo‘lib qo‘shiladi. Amalga oshirilgach, loyihalar nafaqat yangi shahar makonlarini shakllantiradi, balki tarmoqlararo aloqalarni kuchaytiradi, yangi ish o‘rinlari yaratadi va aholi turmush sifatini yaxshilaydi.
Reklama huquqlari asosida.