Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston banklari sektorining umumiy sof foydasi 10,99 trln so‘mdan oshdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 69% ga ko‘p. Ushbu material nashr etilgan vaqtda, deyarli barcha banklar Yagona korporativ axborot portalida birinchi yarim yillik uchun moliyaviy hisobotlarini e’lon qilgan.
Bankers.uz nashrining yozishicha, faoliyat yuritayotgan 34 bankdan 25 tasi moliyaviy natijasini yaxshilagan, 9 tasida esa, aksincha sof foyda kamaygan yoki moliyaviy zarari yanada ko‘paygan. Bitta bank vu davrni zararda yakunlagan.
Ko‘plab mahalliy banklar davlat tasarrufida bo‘lib, ular nafaqat tijorat muassasalari sifatida, balki rivojlanishga yo‘naltirilgan tashkilotlar sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu ularning davlat tomonidan sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlanishini bildiradi, bu esa sof bozor sharoitida ularning daromadliligini xolis baholashni qiyinlashtiradi.
Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, 500 mlrd so‘mdan ortiq sof foyda ko‘rgan 8 ta bank quyidagilar bo‘ldi:
- Ipoteka-bank — 1,38 trln so‘m;
- O‘zmilliybank — 1,21 trln so‘m;
- O‘zsanoatqurilishbank — 1,1 trln so‘m;
- Hamkorbank — 969,9 mlrd so‘m;
- Kapitalbank — 833,6 mlrd so‘m;
- Xalq banki — 650,5 mlrd so‘m;
- Trastbank — 503,8 mlrd so‘m;
- Orient Finance Bank — 501,6 mlrd so‘m.
100 mlrd so‘mdan 500 mlrd so‘mgacha sof foyda ko‘rgan 12 ta bank:
- Ipak Yuli Bank — 480,4 mlrd so‘m;
- KDB Bank — 403,4 mlrd so‘m;
- Davr bank — 368,7 mlrd so‘m;
- InfinBank — 353,2 mlrd so‘m;
- TBC Bank — 288 mlrd so‘m;
- Uzum bank — 258 mlrd so‘m;
- Aloqabank — 251,9 mlrd so‘m;
- Asia Alliance Bank — 240,2 mlrd so‘m;
- Biznesni rivojlantirish banki — 208,5 mlrd so‘m;
- Octobank — 170,6 mlrd so‘m;
- Universal bank — 138,9 mlrd so‘m;
- APEX BANK — 107,6 mlrd so‘m.
10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha sof foyda topgan 10 ta bank:
- Asakabank — 97,5 mlrd so‘m;
- Agrobank — 95,6 mlrd so‘m;
- Anor bank — 79,2 mlrd so‘m;
- Mikrokreditbank — 76,5 mlrd so‘m;
- Ziraat bank — 63,8 mlrd so‘m;
- Hayot bank — 40,9 mlrd so‘m;
- Garant bank — 28,5 mlrd so‘m;
- Tenge Bank — 22,6 mlrd so‘m;
- Saderat Bank — 22,2 mlrd so‘m;
- Turonbank — 22 mlrd so‘m.
10 mlrd so‘mdan kam sof foyda qayd etgan uchta bank:
- Poytaxt bank — 6 mlrd so‘m;
- Mybank (ilgargi Madad Invest Bank) — 5,9 mlrd so‘m;
- Open bank — 1,1 mlrd so‘m.
Faqat bitta bank — xususiy AVO bank — birinchi yarim yillikni zarar bilan yakunladi. Uning zarari 7 mlrd so‘mdan biroz oshdi.
Avvalroq Spot O‘zbekistondagi ayrim banklar AliExpress uchun to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ygani haqida yozgan edi.