Toshkent shahar Bojxona boshqarmasining Keles temir yo‘l chegara bojxona posti inspektori pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Inspektor O.S. fuqaro A.Z.dan respublikaga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan 10 ta iPhone mobil telefonini boshqa fuqarolarning pasport ma‘lumotlari asosida rasmiylashtirishni vaʼda qilgan.
So‘ng IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga $3 ming olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Spot, avvalroq, Toshkentda $3,5 mln kredit olib berish evaziga $420 ming talab qilgan shaxslar ushlangani haqida yozgandi.