Platforma orqali tadbirkorlar kredit olish uchun birgina ariza topshirib, O‘zbekistonning tijorat banklaridan kelgan takliflarni, jumladan, Ipoteka bank OTP Group’ning qulay kredit yechimlarini qabul qilish va o‘zaro taqqoslash imkoniga ega bo‘lishadi.

Tadbirkorlarga har bir bankka alohida murojaat qilish talab etilmaydi. Tadbircore.uz platformasi barcha mavjud kredit shartlarini bir joyda ko‘rib chiqish, ularni taqqoslash hamda biznesni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish yoki kengaytirish uchun eng maqbul moliyalashtirish yechimini tanlash imkonini beradi.

Ipoteka bank OTP Group`ning mazkur platformadagi ishtiroki bankning kredit mahsulotlarini tadbirkorlar uchun yanada qulay va ochiq qiladi hamda biznesni moliyalashtirish bo‘yicha mos yechimlarni tezroq topishga xizmat qiladi.

Ariza topshirish va Ipoteka bank OTP Group’ning kredit takliflari bilan tanishish uchun Tadbircore.uz platformasidan foydalaning.

Reklama huquqlari asosida.