Migratsiya agentligi Slovakiyaning Penta Hospitals International kompaniyasi bilan hamkorlikda Chexiya va Slovakiyada tibbiyot mutaxassislarini ro‘yxatga olishni boshlaydi.
Loyihada tibbiyot oliygohini so‘nggi ikki yil ichida hamshiralik yo‘nalishida tamomlagan, rus tilida erkin muloqot qila oladigan hamshiralar va tibbiyot og‘alari, shuningdek, shifokorlar ishtirok etishi mumkin.
Saralangan nomzodlar Migratsiya agentligining Intil xalqaro markazida uch oy davomida chex yoki slovak tilini o‘rganadi.
Kurslar uchun malakali o‘qituvchilar jalb qilinadi, viza hujjatlarini rasmiylashtirishda esa amaliy yordam ko‘rsatiladi. Turar joy va o‘qish xarajatlari ham Migratsiya agentligi tomonidan qoplanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
O‘quv jarayonlari 2026-yil sentabr oyida boshlanadi. Viza rasmiylashtirish ishlari til kurslari bilan bir vaqtda olib boriladi.
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga shifokorlar uchun oyiga 3 ming yevrodan, hamshiralar va tibbiyot og‘alari uchun esa 2 ming yevrodan ish haqi taklif etiladi.
Avvalroq Spot fuqarolarni Dubay, Moldova va Belarusga ishga yuborishni va‘da qilgan shaxslar ushlangani gaqida yozgandi.
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda fuqarolardan xorijga ishga yuborish evaziga pul olgan shaxslarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.