O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘zbekistonliklar ish haftasining turiga qarab ketma-ket uch yoki to‘rt kun dam oladi.

Prezidentning tegishli farmoni bilan ish haftasining turidan qat‘i nazar, barcha xodimlar uchun 31-avgust — dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shunga ko‘ra, bayram kunlarida dam olish tartibi quyidagicha:

  • 29-avgust, shanba — besh kunlik ish haftasida dam olish, olti kunlikda ish kuni;
  • 30-avgust, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
  • 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1-sentabr, seshanba — Mustaqillik kuni, ishlanmaydigan bayram kuni.

Shunday qilib, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 29-avgustdan 1-sentabrgacha ketma-ket 4 kun, olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa 30-avgustdan 1-sentabrgacha 3 kun dam oladi.

2-sentabr, chorshanbadan odatdagi ish tartibi davom etadi.


Spot, avvalroq, Amudaryoda safari turizmi majmuasi tashkil etilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.