Shavkat Mirziyoyev “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida farmoyishni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda aholi bandligini ta’minlashdagi hissasi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 113 nafar tadbirkor mukofotlandi.

Ular orasida ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, turizm, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, qurilish, IT va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bor.

Jumladan, Oqtepa Lavash fastfud tarmog‘i asoschisi Bexzod Gulyamov, Uzum Technologies bosh direktori Jasur Jumayev, Dodo Pizza Tashkent rahbari Dinara Islamova, YandexGo UB ta’sischisi Izzat Shukurov, Fly Khiva Group bosh direktori Dilshod Xodjayev hamda ADM Jizzakh bosh direktori Daniyar Davletiyarov mukofotlanganlar qatoridan joy oldi.

Shuningdek, ro‘yxatga fermer xo‘jaliklari rahbarlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, xususiy korxonalar rahbarlari, oilaviy korxonalar vakillari va hunarmandchilik sohasi vakillari ham kiritilgan:

  • Begjanova Salima Rajatdinovna — Bo‘zatov tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Ilyasova Elvira Askarbayevna — “Hunarmand” uyushmasining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston;
  • Kalnazarov Baxadur Ibanovich — “Ustyurt sodium sulfate” direktori, Qoraqalpog‘iston;
  • Masharipov Azat Bazarbayevich — Beruniy tumanidagi “Usta Bozorboy” xususiy korxonasi ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston;
  • Mustafayev Azat Yesbosinovich — Taxiatosh tumanidagi “Atiyaj gulzar” rahbari, Qoraqalpog‘iston;
  • Saburov Dilshod Kabuljanovich — To‘rtko‘l tumanidagi “Baraka tekstil group” rahbari, Qoraqalpog‘iston;
  • Shimbergenov Azat Adilbayevich — Nukus shahridagi “Nukus evro stroy” rahbari, Qoraqalpog‘iston;
  • Dusmuratov Mirzadiyor Mirzagayratovich — Andijon tumanidagi “Makon Mirzo” rahbari, Andijon viloyati;
  • Raximov Yunusjon Nematovich — Baliqchi tumanidagi “Sokin savdo servis” ta’sischisi, Andijon;
  • Raxmatova Buzaynab Mirsaitovna — Oltinko‘l tumanidagi “Pergament Snegurochka” ta’sischisi, Andijon;
  • Sayfutdinova Shaxnoza Alisher qizi — Marhamat tumanidagi “XXI asr akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Andijon;
  • Tursunov Jomoldin Ostanakulovich — Xo‘jaobod tumanidagi “Everest MMM” ta’sischisi, Andijon;
  • Umarov Zoxidjon Ziyaidinovich — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Sog‘lom avlod” rahbari, Andijon;
  • Amonov Vohidjon Ne’matullayevich — G‘ijduvon tumanidagi “Demo Clean” rahbari, Buxoro viloyati;
  • Axrorova Shahnoza Botirovna — Buxoro shahridagi “Rangrez Bukhara” xususiy korxonasi rahbari, Buxoro;
  • Bobokalonov Sanjar Ramazonovich — Vobkent tumanidagi “Shirin ethno house” oilaviy turizm korxonasi rahbari, Buxoro;
  • Iskandarov G‘ayrat Hasanovich — Qorako‘l tumanidagi “Hasanobod shifo-bol” asalarichilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro;
  • Toyirov Azizjon Ergashevich — Shofirkon tumanidagi “Family food claster” ta’sischisi, Buxoro;
  • Tohirov Bobomurod Bahodirovich — Buxoro shahridagi “Miramax turist trans” direktori, Buxoro;
  • Abjalov Nuriddin Saatovich — Sharof Rashidov tumanidagi “Paxtakorlik Diyorjon dalasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati;
  • Buronov Jaxongir Nusratovich — Zarbdor tumanidagi “Miramiller” ta’sischisi, Jizzax;
  • Davletiyarov Daniyar Begdullayevich — “ADM Jizzakh” bosh direktori, Jizzax;
  • Mavlanov Shuxrat Tulkinovich — “Professional assets management” bosh direktori, Jizzax;
  • Suvanqulov Shohhasan Muhammad o‘g‘li — Paxtakor tumanidagi “Semrug‘ cluster” rahbari, Jizzax;
  • Sultonov Mirtoza Hikmatovich — Do‘stlik tumanidagi “Obi Sangzor” rahbari, Jizzax;
  • Tog‘ayeva Yulduz Abduraimovna — G‘allaorol tumanidagi “New world savdo” oilaviy korxonasi ta’sischisi, Jizzax;
  • Yunusov Abdulaziz Abduaxatovich — Jizzax shahridagi “Roison home white goods” ta’sischisi, Jizzax;
  • Kudratov Iskandar Nigmatovich — Qarshi shahridagi “Asl yuksalish savdo” ta’sischisi, Qashqadaryo;
  • Qobulov Yaxshimurod Xurozovich — Ko‘kdala tumanidagi polizchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo;
  • Murtazayev Xurshid Rustamovich — Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz bunyodkori” rahbari, Qashqadaryo;
  • Raxmonova Dilfuza Tojiddinovna — Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti ta’sischisi, Qashqadaryo;
  • Sayliyev Jamol Kamolovich — Qarshi tumanidagi “Radiant silk” bosh direktori, Qashqadaryo;
  • Umirov Sarvar Numonovich — Shahrisabz tumanidagi “Hisor maxsus qurilish invest” ta’sischisi, Qashqadaryo;
  • Xaydarov Otabek Rustamovich — Chiroqchi tumanidagi “Komfort star new” rahbari, Qashqadaryo;
  • Choriyev Obidjon Barakovich — Ko‘kdala tumanidagi “Bobur” yilqichilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo;
  • Jiyanov Juraboy Nuritdinovich — Navoiy shahridagi “Golden lift” ta’sischisi, Navoiy;
  • Temirov Sherzodxuja Ilxomjonovich — Karmana tumanidagi “Metall mahsulot zavodi” ta’sischisi, Navoiy;
  • Xaydarov Navro‘z Qudratovich — Konimex tumanidagi “Navoiy dizayn plyus” rahbari, Navoiy;
  • Xusainov Firdavs Xafizovich — Navoiy shahridagi “Navoiy montaj avtomatika” rahbari, Navoiy;
  • Shomiyeva Ulash Shonozarovna — Qiziltepa tumanidagi “Akobir Marjona orzusi” rahbari, Navoiy;
  • Bekmuratov Nosir Abdimanopovich — Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Citrus city” direktori, Namangan;
  • Mamashayev Baxodir Abduvaxobovich — Davlatobod tumanidagi “Comfort cool system” ta’sischisi, Namangan;
  • Nasimova Nigora Musaxanovna — Yangi Namangan tumanidagi “Zarka” rahbari, Namangan;
  • Nuritdinov Oybek Yusubjonovich — Namangan tumanidagi “Yusuf bahor gullari” rahbari, Namangan;
  • Rustamova Nasiba Karim qizi — Namangan shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi;
  • Sadikov Ruslan Yurevich — Namangan shahridagi “Grand textile service” rahbari, Namangan;
  • Axmedjonov Farrux A’zamovich — Samarqand shahridagi “Renessans dizayn” rahbari, Samarqand;
  • Begimov Ulugbek Najimovich — Paxtachi tumanidagi “Alisher” xususiy korxonasi direktori, Samarqand;
  • Gadoyev Begimqul O‘lmasovich — Urgut tumanidagi “Maxmadjon nurafshon” xususiy korxonasi direktori, Samarqand;
  • Djabborov Jaxongir Djurakulovich — Oqdaryo tumanidagi “Sam text plas” ta’sischisi, Samarqand;
  • Jalilov Shokirjon Raupovich — Samarqand shahridagi “Mega sezon poyafzal” ta’sischisi, Samarqand;
  • Li Yuriy Arkadevich — Samarqand shahridagi “Elxolding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, Samarqand;
  • Raxmatov Farxod Rasulovich — Samarqand tumanidagi “Gulobod mebel” direktori, Samarqand;
  • Bosimov Rustam Raxmatulloyevich — Guliston shahridagi “Bosimov Rustam Raxmatulloyevich” ta’sischisi, Sirdaryo;
  • Daniyarov Abdushoxid Abduganiyevich — Boyovut tumanidagi “Abdumavlon Daniyarov” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo;
  • Zulpixarova Zamira Ergenovna — Guliston shahridagi “Istiqlol kommunal xizmat ta’mir” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari, Sirdaryo;
  • Nodirova Gulchexra Saidaxmatovna — Guliston tumanidagi “Aleyna textile” rahbari, Sirdaryo;
  • Turayev Qobiljon Tinchlikovich — Guliston shahridagi “MMX PRO” rahbari, Sirdaryo;
  • Xaytmetov Otabek Azadovich — Yangiyer shahridagi “Eco wood plyus” ta’sischisi, Sirdaryo;
  • Boqijonov Ilhomjon Ismoilovich — Sherobod tumanidagi “Nasaf universal form” ta’sischisi, Surxondaryo viloyati;
  • Valnazarov Ravshanjon Xudoyberdi o‘g‘li — Denov tumanidagi “Ishonch sifatli halol xizmat” rahbari, Surxondaryo;
  • Jumayeva Malikaxonim Alisher qizi — Termiz shahridagi “Nova pharm” ish boshqaruvchisi, Surxondaryo;
  • Iminova Nargiza Djurayevna — Uzun tumanidagi “O‘ktam bobo shirinliklari” ish boshqaruvchisi, Surxondaryo;
  • Ishkobilov Shaydulla Temirovich — Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Mexanika” xususiy korxonasi direktori, Surxondaryo;
  • Murodov Muxibullo Gulmurodovich — Sariosiyo tumanidagi “Surxon hisori qo‘ylari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo;
  • Xidirov Mirolim G‘ayratovich — Boysun tumanidagi “Boysun ugol” ta’sischisi, Surxondaryo;
  • Hasanov Begali O‘ralovich — Qiziriq tumanidagi “Xumoyiddin biznes klass servis” ta’sischisi, Surxondaryo;
  • Nazarov A’zam Abdikadirovich — Angren shahridagi “Fresh market Angren” rahbari, Toshkent viloyati;
  • Pirmatova Dildora Ilxamovna — Parkent tumanidagi “Elastikum” direktori, Toshkent viloyati;
  • Raximov Davron Raxmon o‘g‘li — O‘rta Chirchiq tumanidagi “Jannatmakon mebel” rahbari, Toshkent viloyati;
  • Soliyev Azizbek Xabibullayevich — Yuqori Chirchiq tumanidagi “Sof gigiyenik” bosh direktori, Toshkent viloyati;
  • Shavkatov Savlat Davlatovich — Zangiota tumanidagi “Mos pekar” rahbari, Toshkent viloyati;
  • Asqarov Abdumalik Abdisatorovich — Toshloq tumanidagi “Xurmo eksport” ta’sischisi, Farg‘ona viloyati;
  • Yodgorova Malikaxon Boykuziyevna — Furqat tumanidagi “Mashxura ekspress market” xususiy tikuvchilik korxonasi rahbari, Farg‘ona;
  • Mamadaliyev G‘ayratjon Ismonaliyevich — Quva tumanidagi “Mamadaliyev G‘ayratjon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona;
  • Mamadaliyev Maxamadali Raxmonovich — Farg‘ona tumanidagi “Rivoj-98” xususiy korxonasi bosh direktori, Farg‘ona;
  • Maxsudov Ozodbek Baxromaliyevich — Oltiariq tumanidagi “Tinchlik meva eksport” rahbari, Farg‘ona;
  • Tolipov Alpon Xamidjonovich — Uchko‘prik tumanidagi “Khat decor” rahbari, Farg‘ona;
  • Xojiboyev Nodirbek Masaminovich — Farg‘ona shahridagi “Swissagro” bosh direktori, Farg‘ona;
  • Sherqulov Abduraxmon Maxmutaliyevich — Uchko‘prik tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Farg‘ona;
  • Asmatillayev Raxmatilla Ibragimovich — Hazorasp tumanidagi “Hazorasp Amur baliqlari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm;
  • Karimov Gayrat Baxodirovich — Urganch shahridagi “Bog‘i Eram Xorazm” rahbari, Xorazm;
  • Otajanova Dilnoza Ravshanbekovna — Xiva shahridagi “Xiva Dilnoza kulol” oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm;
  • Raximov Adilbek Erkinovich — Xiva shahridagi “Erkin Palas” ta’sischisi, Xorazm;
  • Sabirov Behzod Ko‘chkorovich — Tuproqqal’a tumanidagi “Space-S” direktori, Xorazm;
  • Sultanov Shavkat Ruzmamatovich — Xonqa tumanidagi “Xonqa express eksport” rahbari, Xorazm;
  • Xodjayev Dilshod Ruzmatovich — “Fly Khiva group” xususiy aviakompaniyasi bosh direktori, Xorazm;
  • Yuldashev Murodjon Ochildiyevich — Urganch shahridagi “Arton Urgench invest” rahbari, Xorazm;
  • Abduazizov Boriy Abduvaliyevich — Yakkasaroy tumanidagi “Diva teks” direktori, Toshkent;
  • Abdullayev Abdukayum Abdusattarovich — Mirobod tumanidagi “Qo‘noq hotels” ta’sischisi, Toshkent;
  • Abduraximova Zalina Ibadullayevna — Chilonzor tumanidagi “Nosirxon-Muslim” tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha direktori, Toshkent;
  • Abdufattaxov Nodir Abdufattaxovich — “Mr. Etiket” sahifasi asoschisi, bloger;
  • Akbarov Rashod Muxamedfatixovich — Bektemir tumanidagi “Baner print” ta’sischisi, Toshkent;
  • Aliyeva Dono Xayrullayevna — Yashnobod tumanidagi “Greenleaf produsts” rahbari, Toshkent;
  • Alimov Ismail Israildjanovich — Yashnobod tumanidagi “Isko” ta’sischisi, Toshkent;
  • Aslanov Zafariddin Xayrullayevich — Yunusobod tumanidagi “Sofizar” ta’sischisi, Toshkent;
  • Ashurov Behzod Akbar o‘g‘li — Bektemir tumanidagi “Mirzo Bobur” ta’sischisi, Toshkent;
  • G‘aybulloyev Nozimjon Abdunayimovich — Chilonzor tumanidagi “Rubber plast pharm” ta’sischisi, Toshkent;
  • Gulyamov Bexzod Xayotovich — “Oqtepa lavash” fastfud tarmog‘i asoschisi, Toshkent;
  • Djumayev Djasur Xurshidovich — Yunusobod tumanidagi “Uzum technologiyes” bosh direktori, Toshkent;
  • Jurayev Saydmurod Alixanovich — Yangihayot tumanidagi “Trust communal” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari, Toshkent;
  • Islamova Dinara Ulugbekovna — Mirobod tumanidagi “Dodo pizza Tashkent” rahbari, Toshkent;
  • Ishmuxamedov Umidjon Kudratillayevich — Chilonzor tumanidagi “Edu Action” kuzatuv kengashi raisi, Toshkent;
  • Mirzamuxamedov Muxtor Zaxidjanovich — Uchtepa tumanidagi “Mavis global” ta’sischisi, Toshkent;
  • Mirtursunov Zafar Shuxratovich — Yangihayot tumanidagi “Health line” bosh direktori, Toshkent;
  • Mullabayev Muzaffar Shaniyazovich — Mirobod tumanidagi “Asia kandi” rahbari, Toshkent;
  • Nasirxodjayev Yaxyoxo‘ja Boxodirovich — “Nano” xususiy klinikasi asoschisi, Toshkent;
  • Nuritdinov Aziz Rustamovich — Yunusobod tumanidagi “Eman” ta’sischisi, Toshkent;
  • Raximov Otabek Alisher o‘g‘li — Olmazor tumanidagi “Ijod-ijod” xususiy korxonasi rahbari, Toshkent;
  • Toshov Rustam Numonjonovich — “IT-Alliance SWS” yuridik shaxslar uyushmasi rahbari, Toshkent;
  • Tursunov Iskandar Muxammadiyevich — Yangihayot tumanidagi “Al Muamalat Consulting” ta’sischisi, Toshkent;
  • Ubaydullayev Azizbek Ubaydulla o‘g‘li — Yangihayot tumanidagi “Electronic autonomous solutions” ta’sischisi, Toshkent;
  • Shukurov Izzat Surat o‘g‘li — Mirobod tumanidagi “YandexGo UB” ta’sischisi, Toshkent.

Avvalroq Spot tadbirkorlar kuni munosabati bilan 66 nafar biznes vakili mukofotlangani haqida yozgan edi.