Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan 66 nafarini mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmon bilan, tadbirkorlar 13 xil davlat mukofoti va faxriy unvon bilan taqdirlandi.

Jumladan, My Freighter va Centrum Air xususiy aviakompaniyalari ta‘sischisi Abdulaziz Abduraxmanov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bloger va MrOtabekTV sahifasi asoschisi Otabek Maxkamov esa “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, “Shuhrat” medali bilan Chust Textile ta‘sischisi Jamshid Ismatullayev, Brio Group bosh direktori Farxod Maxmudov, Xon Films ta‘sischisi Dadaxon Obidov, Cinema Store ta‘sischisi Shoxrux Murtazayev, Tasnif Group direktori Lazizbek Xamidov, Ahmad Oltin Jo‘ja restoranlar tarmog‘i asoschisi G‘afur Tulyaganov hamda Fayz milliy taomlar tarmog‘i asoschisi Sherali O‘rinov taqdirlandi.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan

  • Boltayev Odiljon Olimjonovich — Samarqand shahridagi Azia metall prof korxonasining rivojlantirish va investitsiya masalalari bo‘yicha direktori, Samarqand viloyati.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan

  • Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich — Navoiy shahridagi Gidro stanko servis korxonasi direktori, Navoiy viloyati.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan

  • Isakov Muhsinjon Qosimjonovich — Marg‘ilon shahridagi 426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi korxonasi bosh direktori, Farg‘ona viloyati;
  • Babaxanov Yorqin Xaitmuradovich — Bo‘stonliq tumanidagi Central Asian constriction korxonasi ta’sischisi, Toshkent viloyati.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan

  • Axmedov Baxtiyor Ergashevich — Baxmal tumanidagi Qo‘shchinor mevasi fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

  • Kazimov Botir Xaydarovich — Toyloq tumanidagi Bog‘izog‘on korxonasi direktori, Samarqand viloyati;
  • Umirzakov Shunkar Umarovich — Ohangaron tumanidagi Sarvar Aziz Umarzoda ramzi fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati;
  • Sharipov Umarbek Kuranbayevich — Urganch tumanidagi Tillo domor xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Axmedov Qodirjon Maxmudovich — O‘zbekiston tumanidagi Turon eco cement group korxonasi ta’sischisi, Farg‘ona viloyati;
  • Masharipov Otaxon Karimberganovich — Xiva tumanidagi Chinobod qurilish xususiy korxonasi direktori, Xorazm viloyati;
  • Saynurdinov Saidgaffar Muxitdinovich — Ohangaron shahridagi Premier electrotech korxonasi ta’sischisi, Toshkent viloyati;
  • Uraimov Isroiljon Xakimovich — Xo‘jaobod tumanidagi Al-Hakim xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Abduraxmanov Abdulaziz Abdukadirovich — My freighter va Centrum air xususiy aviakompaniyalari ta’sischisi, Toshkent shahri;
  • Babitsa Rastislav — AZC group kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha ijrochi direktori;
  • Ganiyev Boisxon Basitovich — Shayxontohur tumanidagi United soft korxonasi rahbari, Toshkent shahri;
  • Klain Robert — Voltalia kompaniyasi boshqaruvi raisi;
  • Kodirov Bexzod Normamatovich — Boysun tumanidagi Narzi qushbegi xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati;
  • Mamatqulov Oybek Axmedovich — Zomin tumanidagi Azim Zomin shifo korxonasi direktori, Jizzax viloyati;
  • Matkarimova Xanifa Sapayevna — Bog‘ot tumanidagi Dilshoda Dilshodbek Manzura fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati;
  • Mirzajonov Shermuxammad Kozimovich — Yangiyo‘l tumanidagi Imperial granit korxonasi ta’sischisi, Toshkent viloyati;
  • Turumov Xolmirza Almaxmatovich — Yakkabog‘ tumanidagi Oqtosh kelajagi korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati;
  • O‘ral O‘zkan — Odas Enerji CA kompaniyasi rahbari;
  • Usmanov A’zam Anvarovich — To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Namangan qo‘ychilik klasteri korxonasi ta’sischisi, Namangan viloyati;
  • Xamidov Adaxamjan Abduraimovich — Forteks kompaniyasi rahbari;
  • Xujamov Botir Mamadaliyevich — Baliqchi tumanidagi Chinobod nurli zamin agrofirmasi korxonasi direktori, Andijon viloyati;
  • Yuldashev Ikram Yalgashevich — Nukus shahridagi Karakalpak palace hotel korxonasi boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

“Mardlik” ordeni bilan

  • Jumaniyozova Roxat Ishimovna — Tuproqqal’a tumanidagi Marjona Saboxon korxonasi rahbari, Xorazm viloyati;
  • Qo‘shshayev Afzal Axmadovich — Shofirkon tumanidagi Jilvon jilosi 2020 korxonasi rahbari, Buxoro viloyati;
  • Maxkamov Otabek Erkinovich — Ijtimoiy tarmoqlardagi MrOtabekTV sahifasi asoschisi, bloger;
  • Musayev Muzaffarxon Obosxonovich — Kichik biznes uyushmasi raisi o‘rinbosari;
  • Urunboyev Ma’ruf Husan o‘g‘li — Narpay tumanidagi Narpay strategy up korxonasi direktori, Samarqand viloyati.

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

  • Nazarova Xadicha Abdullayevna — Salomatlik plyus ekologiya nodavlat notijorat tashkiloti boshqaruv kengashi raisi, Farg‘ona viloyati;
  • Raximiy Sharif Uktamovich — Urganch shahridagi Surge med xususiy klinikasi bosh shifokori, Xorazm viloyati.

“Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Ataboyev Xusan Karimovich — Sergeli tumanidagi Atabaevs production korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri;
  • Baratov Shoislom Abdug‘ani o‘g‘li — Guliston shahridagi Ideal study nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Sirdaryo viloyati;
  • Kenjayev Anvar Olimovich — Buxoro shahridagi Amirshoh 777 korxonasi rahbari, Buxoro viloyati.

“Jasorat” medali bilan

  • Qurbonov Asror Shomurotovich — Nishon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qashqadaryo viloyati;
  • Qurbonov Furkat Farhod o‘g‘li — Termiz shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, novvoy, Surxondaryo viloyati;
  • Ochilova Zulfiya To‘rayevna — Peshku tumanidagi Zulfiya To‘ra qizi fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Bahodirov Shohrux Baxtiyorovich — Shahrisabz shahridagi Lazzat pishloq korxonasi ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati;
  • Maksudov Bekzod Ulug‘bek o‘g‘li — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Intest max korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri;
  • Nurmuxamedov Elbek Timurovich — Yashnobod tumanidagi East-games korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri;
  • Soliyev Muxammadxon Bobirshoyevich — Samarqand shahridagi Innovatsion maskan nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Samarqand viloyati.

“Shuhrat” medali bilan

  • Adamboyev Toxirjon Akbaraliyevich — Sergeli tumanidagi Barakat-alfa korxonasi bosh direktori, Toshkent shahri;
  • Dadaxonov Davron Toxirovich — Yunusobod tumanidagi Global export company korxonasi bosh direktori, Toshkent shahri;
  • Jabbarova Yulduz Xasanovna — Sharof Rashidov tumanidagi Yu-Meva korxonasi rahbari, Jizzax viloyati;
  • Ismatullayev Jamshid Xayrullayevich — Chust tumanidagi Shust textile korxonasi ta’sischisi, Namangan viloyati;
  • Maxmudov Farxod Gayratovich — Brio group aksiyadorlik jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri;
  • Murtazayev Shoxrux Davronbekovich — Yashnobod tumanidagi Cinema store korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri;
  • Norboyeva Mohichehra Nusratilloyevna — G‘ozg‘on shahridagi G‘ozg‘on chevar qizlari ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Navoiy viloyati;
  • Obidov Dadaxon Odilovich — Sergeli tumanidagi Xon films korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri;
  • Olimova Inobat Ravshanovna — Xatirchi tumanidagi Sultonali Javohir fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati;
  • Pan Yevgeniya Leonidovna — Ishtixon tumanidagi Samarkand stone trade corporation korxonasi ta’sischisi, Samarqand viloyati;
  • Pardayev Saloxiddin Saydulloyevich — Termiz shahridagi Fayzi Mehriniso qurilish xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati;
  • Sagdiyev Temur Xayrullayevich — Mirobod tumanidagi Design studio korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri;
  • Sultanov Mirsaid Salamatdinovich — Nukus shahridagi Ajiniyaz Qaraqalpaq korxonasi ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Sultonaliyev Boburjon Botirali o‘g‘li — Quvasoy shahridagi Crown ceramic korxonasi direktori, Farg‘ona viloyati;
  • Tulyaganov Gafur Axmadjanovich — Ahmad oltin jo‘ja restoranlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri;
  • Umirzokov Oybek Tajibayevich — Asaka tumanidagi Everest metall grand korxonasi ta’sischisi, Andijon viloyati;
  • O‘rinov Sherali Boboqulovich — Fayz milliy taomlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri;
  • Ustadjalilov Dantes Farxodovich — Guliston shahridagi Dantes construction korxonasi ta’sischisi, Sirdaryo viloyati;
  • Xayrullayev Azim Abdurasulovich — Buxoro tumanidagi Tekhnochem korxonasi ta’sischisi, Buxoro viloyati;
  • Xamidov Lazizbek Yodgarovich — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Tasnif group korxonasi direktori, Toshkent shahri;
  • Xudoyberdiyeva Ziyodaxon A’zamjonovna — O‘rta Chirchiq tumanidagi Ziyotrans korxonasi ta’sischisi, Toshkent viloyati;
  • Choriyeva Gulnora Djurakulovna — Shahrisabz shahridagi Tikuvchi Anoragul xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati;
  • Yusupov Shuxrat Fazlitdinovich — Sergeli tumanidagi Makiz baraka korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri.

Spot, avvalroq, prezident tadbirkorlikka to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarga yechim ishlab chiqishni topshirgani haqida yozgandi.