15-avgust kuni JO’JA va Beshqozon O‘zbekiston pazandachilik tarixida yangi sahifa ochdi. Restoranlar tarmog‘ining bosh filialida an’anaviy retsept asosida haqiqiy san’at asari — Toshkentning afsonaviy me’moriy mozaikalari bilan hamohang bo‘lgan mozaika texnikasida ishlangan qozonda tayyorlangan birinchi JO’JA tovuqli oshining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

JO’JA — O‘zbekistonda Belarusning Servolux agroxoldingi korxonalarida ishlab chiqariladigan sifatli halol parranda go‘shti mahsulotlari brendi. Bugungi kunda quyidagilar ishga tushirilgan va faoliyat yuritmoqda:

  • Fayz Parranda MChJning omixta yem zavodi va parranda go‘shtini qayta ishlash korxonasi;
  • 2025-yilda sotib olingan Saxovat Broyler AJ majmuasi rekonstruksiya bosqichida;
  • parranda go‘shtini chuqur qayta ishlash sexini qurish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

beshqozon, jo‘ja, reklama

Bir necha oy avval Servolux kompaniyasi JO’JA mahsulotlarini Beshqozon restoranlariga yetkazib berish bo‘yicha eksklyuziv shartnoma tuzdi. Sinov davri shuni ko‘rsatdiki: an’anaviy o‘zbek taomining yangi talqini katta mashhurlikka ega bo‘ldi — mehmonlar parranda go‘shtidan tayyorlangan oshning ta’mi, sersuvligi va mo‘tadil kaloriyaliligini alohida ta’kidlashmoqda. Iste’molchilarning yuqori baholari, mahsulot sifati va ishonchli hamkorlik JO’JA tovuqli oshini Beshqozon’ning barcha filiallari asosiy menyusiga kiritish imkonini berdi.

beshqozon, jo‘ja, reklama

Birinchi JO’JA tovuqli oshining tantanali taqdimoti va JO’JA qozonining ochilish marosimi Teleminora yonidagi Beshqozon bosh filialida bo‘lib o‘tdi. Beshqozon mehmonlari haqiqiy pazandachilik bayramining guvohi bo‘ldilar, uning o‘ziga xos qismi esa tantana, quvonch va farovonlik ramzi bo‘lgan Navo xalq ansambli ijrosidagi karnay-surnay musiqiy an’anasi bo‘ldi.

beshqozon, jo‘ja, reklama

Tasmani kesish marosimida tadbirning faxriy mehmonlari ishtirok etdilar:

  • Belarusning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Ogorodnikov;
  • Servolux CA MChJ XK bosh direktorining savdo bo‘yicha o‘rinbosari Aleksey Kovalyev;
  • Beshqozon Yunusobod filiali direktori Mirsaid Aripov;
  • Synthesis agentligi kreativ direktori Farrux Sharif.

beshqozon, jo‘ja, reklama

JO’JA qozoni — JO’JA brendi va Synthesis kreativ agentligining qo‘shma loyihasi. Qozonning noyob dizayni Turdiyevlar oilasining avloddan-avlodga hunar davom ettirib kelayotgan o‘zbek ustalari tomonidan mozaika san’ati texnikasida yaratilgan. Shuningdek, ochilish uchun maxsus JO’JA lagani yaratildi, u Farg‘ona hunarmandlari tomonidan butun dunyoga mashhur Rishton naqqoshlik texnikasida — nafis, yorqin, detallarga boy tarzda ishlangan. JO’JA qozoni va lagani O‘zbekistonning yangi madaniy kodining — afsonaviy Beshqozon restoranlar tarmog‘idagi birinchi JO’JA tovuqli oshining ramzlariga aylandi.

JO’JA brendi — yuqori sifati va ajoyib ta’mi bilan ajralib turadigan, turli tayyorlik darajasidagi parranda go‘shti mahsulotlarining keng assortimenti bo‘lib, u uy sharoitida ham pazandachilik durdonalarini yaratish imkonini beradi. Brend mahsulotlari Toshkentdagi firma savdo tarmog‘ida, shuningdek, poytaxt va mamlakat hududlaridagi barcha yirik do‘konlarda sotuvga qo‘yilgan.

“JO'JA — go’shtmisan go’sht”.

Instagram: @joja_uzb
Telegram: t.me/joja_online
YouTube: @joja_online

Reklama huquqlari asosida.