2026/2027-o‘quv yilida oliy ta‘lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari boshlanish sanalari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta‘lim tashkilotlarida 1-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari 7-sentabrdan boshlanadi.

2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari esa 14-sentabrdan o‘qishni boshlaydi.

15-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandi.

Spot, avvalroq, talabalar turar joyiga ariza qabuli boshlangani haqida yozgandi.